www.ziyouz.com kutubxonasi
123
shukronasini tashqi ko‘rinishda ham ko‘rsatib o‘tganlar. Doimo chiroyli va pokiza kiyimlarda
yurganlar. Bu haqda ham zamondoshlari guvohlik berib ketganlar. Shunday baland maqomga erishgan
zot nihoyatda tavozeli, xokisor, kamtar bo‘lgan ekanlar. Ma’lumki, kishiga Alloh taolo fazilat berib, u
qanchalik baland maqomga ko‘tarilsa, uiing hasadgo‘ylari ham shunchalik ko‘payadi.
Imomimiz esa o‘shanday hasadgo‘ylarni ko‘rganlarida: "Bizlarni yomonlagan kishilarning gunohini
Alloh kechirsin, bizlarni yaxshi ko‘rganlarni Alloh rahmat qilsin", deb duo qilar ekanlar. Ya’ni,
yomoilikka yomonlik bilan javob qilmas ekanlar.
Yana bir misol: halolni haromdan ajrata olmaydigan, o‘zi kambag‘al, bechora bo‘lsa ham,
kalondimog‘, birovlarga ozor yetkazadigan kishilar bo‘ladi. Imomimizning ham bir qo‘shnilari bor
ekan. U Alloh taolo harom qilgan ichkilikka giriftor, har kecha mast ekan. Imomi A’zam sha’nlariga
hajvlar aytar, baqir-chaqir qilib, u zotga ozor berar ekan. Imomimiz toqat bilan uning haqoratlarini
eshitaverar ekanlar. Ittifoqo, bir kuni qo‘shnining xonadonidan odatdagi baqir-chaqir, so‘kinish,
haqorat sasi kelmay qolibdi. Imomimiz xavotirlanib, xabar oldiradilar. Ma’lum bo‘lishicha, qo‘shnisi
badxulqligi tufayli mirshablar qo‘liga tushib, hibsga olinibdi. Imomi A’zam uni Xudo jazolabdi, deb
qo‘ya qolmasdan, darhol amirning huzuriga boribdilar. Mening bir ayolmand kosib, kambag‘al
qo‘shnimni qandaydir ayb bilan zindonband qilibdilar.
O’sha qo‘shnimni ozod qiling, unga mening o‘zim kafilman, deb iltimos qilibdilar. Kufaning amiri,
albatta, Imomi A’zamning kim ekanini bilar edi. Shuning uchun u kishining hurmatidan nafaqat
badxulq qo‘shnini, balki keyingi ikki kun davomida hibsga olinganlarshshg hammasini qo‘yib
yuboradilar.
Shundap so‘ng u qo‘shniga Xudo insof beradi. U zindondan to‘g‘ri Imomi A’zamnnnghuzuriga
keladi. Tavba qilib, Imomimizga shogird bo‘ladi. .
Imomi A’zamning masala bobida beqiyos bo‘lganliklariga yana bir misol. Bu misol Imomimiz
yashagan davr uchun ancha mushkul edi. Kufada bir ayol egizak farzand ko‘ribdi. Egazaklar bir-
birlariga bellaridan yopishgan holda tug‘ilibdilar. Hozir bundaylarni Siyom egizaklari deb atay1ilar.
Biroz fursat o‘tgach, o‘sha ikki chaqaloqdan birining ajali yetib o‘ladi, ikkinchisi esa tirik. Agar bu
holat bizning zamonda ro‘y bersa, darhol jarrohlar aralashib, masalani nashtar bilan hal qilib qo‘ya
qoladilar. Lekin 1300 yil avval bo‘lgan voqea haqida ketyapti. Xullas, hamma hayron. O’likni qabrga
qo‘ymoqchi bo‘lsalar, uning tirik sherigi bor. Ko‘mmasalar...
Shunda hech kim jo‘yali bir javob aytolmagan mazkur masalaga Allohning ilhomi bilan Imomi
A’zam javob qiladilar. U kishi, bu o‘lgan bola ko‘miladi, lekin shundoq ko‘miladiki, tirik bola yerning
ustida qoladi, deydilar. Xuddi shunday ko‘madilar va Allohning qudrati bilan sanoqli kundan so‘ng yer
o‘sha marhum farzandni tirik farzanddan ajralib oladi. Tirik bolaning hayoti mana shunday saqlab
qolinadi. Keyin uni Imomi A’zamning o‘g‘li deb ataydilar. Imomimizning bu "o‘g‘li" uzoq yillar umr
ko‘radi.
Kufa viloyati va shahrining hokimi Ibn Hubaya Imomi A’zamga Kufa viloyatiga qozi bo‘lishini
taklif qiladi taklifimni qabul qilmasangiz, zindonband bo‘lasiz, sizni har kuni o‘n darra uradilar, deb
tahdid qiladi. Shunda lmomi A’zam, rahmatulloha alayh: "Allohning oxirat diyoridagi azobidan bu
dunyodagi hokimning azobi yengil bo’ladi, men roziman", deydilar.
Imomi A’zamni zindonband qilganlaridan so‘ng o‘n kun shomida hoklmning huzuriga olib borar
ekailar. Hokim u zotdan: "O’ylab ko‘rdingizmi, endi qozi bo‘lishga rozimisiz" deb so‘rar ekan. Rad
javobini eshitgach, g‘azablanar, yana o‘n darra urishga buyurar ekan.
Imomimiz kaltaklanib, zindonga qaytganidan so‘ng yig‘lar ekanlar. Hamxonalari bu holatdan
hayron. Nihoyat, Imomimizdan nega bunday qilayotganlarini so‘rashga jur’at qilibdilar. Axir sizga
lavozim bermoqchilarku, uni tezroq qabul qiling, shu azoblardan qutuling, deyishibdi. Shunda Imomi
A’zam rahmatullohi alayh: "Men kaltak zarbidan yig‘layotganim yo‘q. Onamga rahmim kelganidan
yig‘layapman. U kishi mening zindonga tushganimdan, kaltaklanayotganimdan boxabarlar. Onam
qanday chidayaptilar ekan! Meni mana shu narsa yig‘latyapti", degan ekanlar. Shu tariqa o‘n kunni
Nurul Izoh
Do'stlaringiz bilan baham: |