Vaqtincha uylanish mumkin bo‘lmagan ayollar
1.
Bir kishi bir vaqtda opa-singlisi yoki ayol bilan ammasini yoki ayol bilan xolasini nikohida olib
turishi mumkin emas. Ammo opasi vafot etsa, uning singlisiga uylanishi mumkin.
2.
Uch taloq qilgan xotinga bo‘lsa, u boshqa er bilan doim birga yashashni niyat qilib, turmush
qilishi hamda u bilan sahih er-xotinlik davrida jinsiy aloqa qilgan bo‘lishi lozim. Ikkinchi eri o‘lsa yoki
taloq qilsa, iddasi chiqqanidan so‘nggina birinchi eri bilan yana qayta turmush qurishi mumkin.
3.
Birovning nikohidagi ayol
va iddasi tugamagan yoki eri vafot etgan ayol.
Taloq qilingan yoki eri vafot etgan ayollar erlaridan homila bor-yo‘qligi aniq bo‘lgunicha ma’lum
muddat boshqa turmush qurmay turishlari shart.
4.
Mushrika ayol (butparast) to musulmon bo‘lmagunicha. Ahli kitob bo‘lgan yahudiy, nasroniy
ayollarga uylanish mumkin. Ammo musulmon ayollarning boshqa dindagi odamlarga turmushga
chiqishlari mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |