www.ziyouz.com
kutubxonasi
25
To z-in du kadom xubtar kard xirom,
Xurshedi jahontobi tu az matlai subh,
Yomohi jahongardn man az jonibi Shom
110
.
Alar bu ruq’aning muqobalasida bag‘oyat rangni ruq’a bitib yibordilarkim,
r u b o i y:
Bo kilki tu guft noma, k-ey gohi xirom,
Sad tuhfai xush ba Rum ovard zi Shom.
Gar poi tu dar miyon naboshad — narasad
Mahjuronro az jonibi do‘st payom
111
.
Ul vaqtdakim, shahzodai behamto Kichik mirzo
112
toba sarohu zolli muzillii xatoko‘sh, devonai
sinh ro‘i siyahpo‘shqa yo‘luqmaydur erdi, bid’atlar tariqig‘a nosih va ahli sunnat va jamoat qoidasig‘a
rosix erdi, tavozu’ va niyoz nahajig‘a xursand va faqru fano ahlig‘a muxlis va niyozmand erdi,
faqirning «Tuhfat ul-afkor» qasidamdinkim, alarning otig‘a aytilibtur va yuqori mazkur bo‘ldi — ul
mahallidinkim, alardin nazari qabul istid’osi qilib, arzi niyoz izhori bo‘lur erdi, bu baytnikim:
Yak nazar farmo, ki mustasno shavam z-abnoi jins,
Sag chu shud manzuri Najmiddin sagonro sarvar ast
113
.
bitib, hamul istid’o bila Samarqandg‘a hazrati malozu-panoh ahlulloh Xoja Nosiruddin
Ubaydulloh
114
(quddisa sirrihu) xizmatig‘a yiborib erdi. El Kichik mirzodin bu tariyqni mustahsan
tutub, ani duo qilurlar erdi. Ul toifadin ba’zi bu baytni ham ta’-rif qilurlar erdikim, bu mazmunda
yaxshi voqe’ bo‘lubtur.
Mirsarbarahna
115
kim, zamon ahlining mutaayyin xushtab’ va zarifi erdi, faqirni muxotab qilib, bu
baytg‘a e’tiroz qildikim: «Agarchi sen bu baytda izhori kasri nafs qilibsen va o‘zungni itga nisbat
110
Ruboiyning mazmuni:
Ey moviyfalak, insof bilan aytgil,
Bu ikkisidan qaysi biri yaxshiroq yurish kildi:
Tong otar tomondan ko‘tarilgan sening quyoshingmi?
Yoki kun botar tomondan chiqqan mening jahon kezuvchi mohimmi?
111
Ruboiyning mazmuni:
Sening qalamingga qarab xat dediki: ey yurish chog‘ida
Rumga Shomdan yuzlab yaxshi tuhfa keltirgan,
Agar o‘rtada sening oyog‘ing bo‘lmasa,
Ayriliqda qolganlarga do‘stning salomi yetishmas edi.
112
Kichik mirzo – Ulug‘bek o‘g‘li Mironshohning nabirasi, Husayn Boyqaronng opasi Oqobegimning o‘g‘li.
113
She’rning mazmuni:
Bir nazar tashla tengqurlardan farqli bo‘lay,
Najmiddinga manzur bo‘lgan it, hamma itlarga boshliq bo‘ldi.
She’rda tilga olingan Najmiddin – Najmiddin Kubro nomi bilan mashhur bo‘lgan tasavvuf shayxlaridan. To‘liq nomi Najmiddin
Kubro Ahmad ibni Umar Xevaqiy (1145 – 1226) «Ayn ul-hayot» nomli Qur’onga yozilgan keng sharhning muallifidir. Navoiyning
«Nasoyim ul-muhabbat» asarida keltirilishicha, bir yig‘inda Najmiddin Kubro suhbatdosh va muxlislaridan Shayx Sa’diddin Hamaviy
degan shaxs xayolidan «bu ummatlar orasida suhbati itga asar qiladigan bormikan?», degan fikr o‘tadi. Shayx Najmiddin karomat
qilib, buni anglaydi, xonaqoh eshigidan bir itni keltiradilar. Unga Shayxning nazari tushadi. It g‘oyat o‘zgaradi va shahardan chiqib
go‘ristonga ravona bo‘ladi. 50 – 60 ga yaqin boshqa itlar undan ayrilmas, hech narsa yemas, agar u it biror joyda to‘xtasa, atrofini
xalqa bo‘lib o‘rab, uni chiqarmas edilar. O‘sha it o‘lgach, Shayx buyrug‘i bilan uni dafn etib, qabri ustida imorat yasagan emishlar.
Navoiy yuqoridagi baytida ana shu rivoyatga ishora qiladi.
114
Xoja Nosiruddin Ubaydulloh – Xoja Ahror nomi bilan mashhur bo‘lgan naqshbandiylik tariqati peshvolaridan. Xoja Ahror
(1404 – 1490)ga Jomiy ayrim asarlarini bag‘ishlagan.
115
Mirsarbarahna – asli Turkistondai bo‘lgan Hirot shoirlaridan. Navoiy va Jomiyga suhbatdosh.
Alisher Navoiy. Holoti Sayyid Hasan Ardasher
Do'stlaringiz bilan baham: |