232. Abubakr b. Abi Sa’don q. t. s.
To‘rtunchi tabaqadindur Oti Ahmad b. Muhammad b. Abi Sa’don, Bag‘dodlig‘dur. Junayd q. s.
ashobidin va Abu Ali Rudboriy aqronidin. Vaqt mashoyixidin olimroq. ermish bu toifa ilmida.
Abulhasan Siddiq va Abulabbos Farg‘oniy debdurlarki, bu kun bu toifadin zamonada qolmaydurlar,
ikki kishidin o‘zga: Abubakr b. Abi Sa’dondin o‘zga Iroqda va Abu Ali Rudboriydin o‘zga Misrda. Ul
debdurki, har kim so‘fiylar bila suhbat tutsa, kerakkim, anga nafs bo‘lmag‘an va ko‘ngul bo‘lmag‘ay
va mulk bo‘lmag‘ayki, har nimaga asbobdin boqsa, o‘z maqsadig‘a bo‘lug‘din tushkay va anga
yetmagay.
Va ham debdurki [so‘fiysifat va rasmu rusumdan xoli faqir o‘rtadagi sabablarni ko‘rmaydigan kishi.
Faqirning bu sifati uni faqr nomiga sazovor qiladi va sababchi – Allohga olib boruvchi yo‘lni oson qi-
ladi]
1
.
Va ham ul debdurki, [kimki, tasavvufga oid turfa so‘zlar aytmasa – nodondir]
2
.
Do'stlaringiz bilan baham: |