DARYOSAN, AYOL!
Kimki boqsa ko'zlaringga ziyosan, ayol,
Go'yo gulsan, sertabassum ibosan, ayol
Qoshlaringga, ko'zlaringga nur bersa ham tun,
Dili poku mo'jizakor samosan, ayol!
Yetti xil rang kamalakdan, gullardan ifor
Olgansanu musaffosan, safosan, ayol!
Ohu kabi nafissanu, noziksan, hurkak,
Bolariga bol bergan - turfa gulsan ayol!
Bulbul olgan ovozingdan andoza bilsam,
Gullar aro mayin esgan sabosan, ayol!
Sochlaringga havas qildi majnuntol ko'rib,
Uyaldimi, qochdi lola, jafosan, ayol!
Kimdan olding sadoqatni, kim ulashdi ishq,
Ishqingda kim ado bo'lsa, fidosan ayol!
Qachon ko'rsang Rahimiyni, erka qushman deb,
Har sohada javlon urgan daryosan, ayol!
Olimjon Rahimov
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI OLMALIQ FILIALI
XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI MUNOSABATI BILAN TASHKILLASHTIRILGAN “AYOL ILA MUNAVVAR OLAM” DEB NOMLANGAN MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIRGA
ТАKLIFNOMА
OLMALIQ-2022
BESHIKDAN ZABONNI O’RGATAR AYOL,
BUDRAGAN HAYOTNI GULLATAR AYOL,
SHUBHASIZ, DUNYONI TEBRATAR AYOL,
ALLOHIM, NE LAZIZ ETDING AYOLNI,
ODAMZOTGA AZIZ ETDING AYOLNI.
HURMATLI
_____________________________
SIZNI 2022-YIL 7-MART KUNI SOAT 1100 DA
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI OLMALIQ FILIALI BOSH BINOSI FAOLLAR ZALIDA
“ XALQARO XOTIN-QIZLAR” KUNI MUNOSABATI BILAN O’TKAZILADIGAN
“ AYOL ILA MUNAVVAR OLAM” DEB NOMLANGAN MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIRIMIZGA LUTFAN TAKLIF ETAMIZ!
IJODIY GURUH: “IJODKOR” GURUHI VA IJTIMOIY-GUMANITAR FANLAR KAFEDRASI
ТADBIR DASTURI:
1.Kirish so’zi
2.Munis onalarga bag’ishlangan kuy-navolar
3.So’z va ohang uyg’un kelsa…
4.Jonli ijro va sahna ko’rinishi
5.So’z va ohanglarga ko’chgan dil izhorlari
6. Bir juft qo’shiq
7. Tabrik navbati
8.Yakuniy qism
Do'stlaringiz bilan baham: |