229. Abubakr Xabboz Bag‘dodiy q. t. s.
Ul Jaririyning ustodlaridindur. Ul debdurki, (ahlu ayol–halol yo‘l bilan shahvatlarni qondirish
jazosidir]
1
.
230. Abubakr b. Iso Mutavvi’iy q. t. s.
Abhardindur. Abubakr aqronidin va andin ulug‘roq. Abubakr Tohir aning qoshig‘a kirdi, ul naz’
holatida erdi. Abubakr anga dedikim, [Allohga yaxshi gumonda bo‘lgin!]
1
Abubakr Iso ayttikim,
meningdek kishi bila mundog‘ so‘z degaylar, agar bizni qo‘ysa, parastish qilg‘aybiz, agar tilamasa,
buyrug‘ig‘a bo‘yin qo‘yg‘aybiz va borg‘aybiz. Ul uch yuz beshda dunyodin o‘tubdur.
Do'stlaringiz bilan baham: |