236. Abubakr Misriy q. t. s.
Oti Muhammad b. Ibrohimdur. Abubakr Duqqiy va Qirofiyning ustodi va Zaqqoqi Kabiriing
shogirdidur. Junayd va Nuriy q. s. bila suhbat tutubdur. Uch yuz qirq beshda Ramazonda dunyodin
o‘tti, Abubakr Atufiy bila muvofiq. Ul debdurkim, Junayd va Nuriy q. s. bila erduk va mashoyix va
so‘fiyadin ko‘p el bor erdi. Qavvol nima o‘qidi, Nuriy samo’g‘a kirdi va Junayd o‘lturub erdi. Nuriy
Junayd boshig‘a kelib, bu oyatni o‘qidikim, [Albatta, eshita oladigan zotlargina qabul qilurlar]
1
. Junayd
dedikim, [Siz tog‘larni ko‘rib, tek qotib turibdi, deb o‘ylarsiz. Holbuki ular ham xuddi bulutlar
yurgandek yurarlar]
2
.
Do'stlaringiz bilan baham: |