452. Xoja Muhammad Porso r. t.
Alarning oti Muhammad b. Muhammad b. Mahmud Hofiz Buxoriydur q. s. Ulug‘ Xojaning kibor
ashobidindurlar va Hazrat Xoja alar haqida buyurubdurlar va o‘z ashobida, huzurlarida alarg‘a xitob
qilibdurlarki, haqi va amonatiki, Xojalar xonadoni xulafosidin bu zaifg‘a yetibdur. Va har ne bu yo‘lda
kasb qilibdur, borini sizga topshurduq. Andoqki, birodari diniy Mavlono Orif topshurdi, qabul qilmoq
kerak va ul amonatni xalqqa tegurmak kerak. Alar tavoze’ ko‘rguzub, qabul qildilar va oxiri marazda
alar g‘aybatida ashob huzurida alar haqida buyurdilarki, maqsud bizing zuhurimizdin oning vujudidur
va anga ikkalasi tariyq bilaki, jazba va suluk bo‘lg‘ay, tarbiyat qilibman. Agar mashg‘ulluq qilsa, olam
ondin munavvar bo‘lur. Yana. bir mahalda burx sifotin mavhibat nazari bila alarg‘a karomat qildilar va
Hazrat-Mahdum n. m. n. «Nafahot ul-uns»da bitibdurlarki, burx sifoti «Qut ul-qulub» kitobida
mazkurdur va yana bir mahal mavhibat nazari bila alarg‘a nafsni bag‘ishladilarki, har ne alar desalar ul
bo‘lg‘ay va yana birmahalda dedilarki, harne ul desa Haq taolo oni qilur. Hadisi sahih hukmi bilaki:
[Allohning bandalari ichida shundaylari borki, agar Allohga qasam ichsalar, Haq qasamlarini rost
keltiradi]
1
dermanki, dey, ul demas. Va yana bir mahalda alarg‘a xufya zikri buyurdilar va ijozat
berdilar amalig‘a ul mujib bilaki, tariqat odobining daqoyiqu haqoyiqidin ulcha bilur va oning
ta’limidin, [bulardan tashqari benihoyat iltifotlari bor]
2
.
Va sakkiz yuz yigirma ikkida Muharram oyining Bayt ul-harom va Nabii ziyorati alayhis salavot vas-
salom niyati bila Buxorodin chiqdilar va Nasaf yo‘li bila Chag‘oniyon va Tirmiz va Balx va Hirotqa
mazoroti mutabarrikaki, ziyorat qasdi bila azimat qildilar. Barcha yerda sodot va mashoyix va ulamo
alarning sharif maqdamlarin mug‘tanam bildilar va tamom e’zoz va ikrom bila talaqqiy qildilar. Va
Hazrat Maxdum n. m. n. debdurlarki, xotirg‘a kelurki, chun Jom viloyatidin o‘tar erdilar. Qiyos andoq
qilurkim, jumodul-avvAliing oxiri yo jumod ul-oxirning avvallari erdi erkin. Mazkur bo‘lg‘on yildinki
bu faqirning otasi jame’ kasir niyozmandlar va muxlislar bila alarning ziyorati qasdig‘a chiqib erdilar
va maning umrum hanuz besh yilda bo‘lmaydur erdi. Otam mutaalliqlaridin biriga ayttikim, mani
egniga ko‘tarib, alarning mahofasining ilayiga tutdi. Alar iltifot qilib, bir bosh kirmoniy nabot ilgimga
berdilar. Bu kun ul ta’rixdin oltmish yildurki, hanuz tal’atlarining safosi maning ko‘zumdadur va
muborak diydorlarining lazzati mening ko‘nglumdadur va hamonoki ixlos va e’tiqod va irodot va
muhabbat robitasi bu faqirg‘aki Xojalar q. a. honadonig‘a voqe’dur, ul nazarning barakatidir erkin va
umidim uldurki, ushbu robita yumnidin alarning muhiblari va muxlislari zumrasida mahshur
bulg‘aymen. Va Jomdin o‘tub chun Nishoburg‘a yetibdurlar; havo harorati va yo‘l xavfi jihatidin
ashob orosida so‘z o‘tar ermish va fil-jumla futuri ul azimatqa yo‘l topqon chog‘lig‘ ermish. Hazrat
Mavlono Jaloluddin Rumiy q. s. devonin tafo’ul tariqi bila ochibdurlar. Bu ab’yot kelibdur.
Do'stlaringiz bilan baham: |