R u b o i y:
[Ey Haq oshiqlari, abadiy iqbolg‘a yetish uchun yo‘lga tushing!
Oy kabi saodatli burj tomonga ravona bo‘ling!
Qaysi shahar, qaysi joy, qaysi dashtni bosib o‘tsangiz,
Allohning tavfiqu amonida yo‘lingiz muborak bo‘lsin!]
3
.
Va andin Buxorog‘a maktub yiboribdurlarki, Haq subhonahu ismi bila bu bitildi, ul kundaki
Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat
www.ziyouz.com
kutubxonasi
129
Nishoburdin chiqilib erdi va ul kun ta’rix sakkiz yuz yigirma ikkida jumod ul oxir oyining o‘n birinchi
kuni erdiki, sihat va salomat va rafohiyat holida va vusuqi tamom, ilohiy fazl va ikromig‘a va qalb quti
va yaqin quvvati nomutanohiy fayz va fazlg‘a bor ekan vaqtda ishorat bobashorat hukmi bilaki,
[Rasululloh s. a. v. yaxshi bashorat qilardi, badgumonlik qilmasdi. Rasululloh s. a. v. dedi: mendan
keyin payg‘ambarlik bo‘lmaydi. Faqat bashoratlar bo‘ladi. Mo‘‘min kishi bu bashoratlarni tushida
ko‘radi yoki unga ko‘rsatiladi. Bu hadisning sahihligiga ittifoq qilingan].
B a y t:
[Ey hidoyat payg‘ambari, so‘zlaring madadkorim,
tayanchim, eshigingda umid va iltijo qilaman]
4
.
Va chun sihat va salomatlig‘ bila Makkai muhtaramag‘a yetishtilar va haj arkonin tamom ado qildilar.
Alarg‘a maraze oriz bo‘ldi. Andog‘ki, vido’ tavofin ammori bila qildilar va andin Madinai muborakka
mutavajjih bo‘ldilar. Va yo‘lda ashobin tilab imlo qilibdurlarki, [Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan
boshlayman. Sakkiz yuz yigirma ikkinchi sana, zul-hijja oyining to‘qqizinchi – shanba kunida Allohu
Taolo mukarram va muborak qilgan Makkadan chiqayotganimizda, ertalab kun yorishgan payti sufilar
toifasining peshvosi Junayd q. t. s. oldimga keldi. Men o‘sha payt mudroq holatda edim. Alloh undan
rozi bo‘lsin, Junayd o‘zining ziyorati va bashorati haqida dedi: Bu haj qabuldir. Men bu so‘zni eslab
qoldim va uning bashoratidan xursand bo‘ldim. Keyin mudroqlikdan sergak tortdim. Buning uchun
Allohga hamd bo‘lsin!)
5
Andin so‘ngra yana kalimot ham arabiy iborat bila imlo qilibdurlarki, tarjimasi bu bo‘lurki, bu kalimai
vohidaki, Sayyid ut-toifa Junayd q. s. din voqe’ bo‘ldi, kalimadur jome’ai tomma va bashoratdur
shomilai omma bizga va avlodimizga va ashobu ahbobimizgaki hozir yo g‘oyibdurlar. Aning uchunki,
bizning qasdimiz bu izomi mashoir va ad’iyaki, har mahalu zdaqomda qilildi, barchaning diniy va
dunyoviy masolihi erdi va ul qasd bu bashorat muqtazosi bila maqbul: [ne’matlariga yetkazgan va
ziyoda mukofotlagan Allohu subhonahuga pok, muborak hamd bo‘lsin!]
6
Va oyning yigirma uchida
chahorshanba kuni Madinag‘a yetibdurlar va Hazrat Risolat s. a. v. din bashorat topibdurlar va ul imlo
musavvadasin tilabdurlarki, anga nima orturg‘oylar? Chun mutolaa qilibdurlar. Debdurlarki, ushbular-
o‘qdur va ortug‘roq bitimaydurlar va panjshanba kuni Haqning jivori rahmatig‘a vosil bo‘lubdurlar va
Mavlono Shamsuddin Fannoriy Rumiy va Madina ahli va qofila alarg‘a namoz qilibdurlar va juma
kechasi ul muborak manzilda nuzul qilibdurlar. Amir ul-mo‘‘minin Abbos r. a. ning muborak
marqadining jivorida dafn bo‘lubdurlar. Va Shayx Zan-nuddin Xavofiy hazratlari Misrdin bir oq tosh
yo‘ndurub kelturub, ularning qabrining lavhi qilibdurlar. Oning bila soyir quburning tegrasidin
mumtozdur. Siqotdin biriki, alarning farzandi Xoja Burhonuddin Abunasr r. a.ning maxsusi erdi,
ulardin mundoq naql qildiki, ul vaqtdaki volidi buzurgvor favt qildi. Men boshlarn ustida hozir emas
erdim. Chun hozir bo‘ldum. Muborak yuzlarin ochtimkim, nazare qilayin. Ko‘z ochib tabassum
qildilar va mening iztirobim ortuq to‘ldi. Oyog‘lari sori «elib, yuzumni tobonlarig‘a surttum.
Oyog‘larin yuqori torttilar. Chun alarning xabariki, Rasul s. a. v. Madinasida naql qilibdurlar. Ajam
akobiridin ba’zig‘a yetishti. Bu iborat buyurdikim, «ham anda uzaldiki, andin quvondi». Alarning
murid va mu’taqidlaridin birov debdurki, alar Hijoz azimati qilurda vido’ vaqti dedimki, Xoja, siz
bordingiz? Dedilarki, borduq. Ularning tayyiba anfosidindurki, ashobdin biriga bitibdurlarki, bu
faqirning xotiri doim sizning zohiriy va botiniy ahvolingizg‘a nigoron bo‘lur va alad-davom ul birodar
nisbatig‘a nazaroti be illati ilohiy shomildur: Sayyid ut-toifa Junayd q. s. debdurki, [karam ko‘zi
ochilsa, keyin kelganlarni oldin kelganlar bilan bog‘laydi]
7
. Bovujud bu kubaroyi din qoshida q. a.
mo‘‘tabar asl budurkim, debdurlarki, ko‘shishdin tortma qo‘l va baxshishga muntazir bo‘l! Va
debdurlarki, bizning Xoja hazratlaridin so‘rdilarki, tariqatni nima bila topsa bo‘lg‘ay? Dedilarki, shar’
bila va yana [ovqatlanishda o‘rtacha me’yor saqlansa, ya’ni o‘ta to‘q ham, o‘ta och ham bo‘lmasa!]
8
.
Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat
www.ziyouz.com
kutubxonasi
130
Va manom taqlilida e’tidol tariqi bila ko‘shish qilmaq, alal-xusus, [shom va xufton namozi orasidagi
vaqtda quyosh chiqmasdan oldin, hech kimga bildirmay turmoq kerak]
9
. Tavajjuh bila o‘ziga furu
bormoq va xavotir nafyi alal-xusus tamanniy xotiri hol va moziy va mustaqbal nisbatig‘a yaxshi
muassirdir [qalbdan pardalarni ko‘tarish uchun]
10
. Va yana: [til behuda gapdan sukut qilsa, qalb Alloh
bilan tillashadi. Agar til gapga tushsa, qalb sukut qiladi. Sukut ikki xildir: tilning sukuti va qalbning
dunyo andishalaridan sukut qilishi. Qimki, tilida sukut qilsayu qalbda sukut qilmasa, uning gunohi
yengil bo‘ladi. Kimki, tilda ham qalbda ham sukut qilsa, unga sirlar zohir bo‘ladi, ulug‘ va qudratli
Parvardigor unga tajalli qiladi. Kimki, tilida ham, qalbida ham sukut saqlamasa, shaytonning mulki va
qo‘g‘irchog‘i bo‘ladi. Bundan barchamizni Allohning o‘zi asrasin! Kimki, qalbda sukut qilib, tilda
sukut qilmasa, behuda gapdan tiyiladi, hikmat tili bilan gapirguvchi bo‘ladi. Allohu Taolo o‘z fazlu
karami ila ulardan bizni nasibador qilsin!]
11
.
Abu Nasr Porso q. s. va alardin so‘ngra alarning o‘rnida shajarai toyyibalari:
Do'stlaringiz bilan baham: |