[Haqdan boshqasiga bog‘lanish to‘siq, samarasizdirki,
agar ularni uzsang, vosil bo‘lasan]
5
.
Haqiqat ahli iymonni mundoq ta’rif qilibdurlar. [Iymon – qalbni Allohdan boshqa o‘ziga rom etuvchi
foydali va foydasiz narsalardan uzib, Haqqa bog‘lashdir]
6
. Va der ermishlarki, bizing tariqimiz
suhbatdur va xilvatda shuhratdur va shuhratda ofat. Hayriyat jam’iyatdadur va jam’iyat suhbatda bu
shart bilaki, bir-biriga nafy bo‘lulg‘ay va ulcha ul buzurg buyurubdurki, [kel, bir soat iymon
keltiraylik!]
7
, Ishorat angadurki, agar jam’i bu yo‘l soliklari bir-biri bila suhbat tutsalar, anda ko‘p
xayru barakatdur. Umiddurki, anga mulozamat va mudovamat imoni haqiqiyg‘a muntahi bo‘lg‘ay va
der ermishki, bizing tariqimiz [mustahkam tutqichr]
8
durur. Ul ilik Payg‘ambar s. a. v. mutobaatig‘a