327. Abu Ishoq Ibrohim Shahriyor Goziruniy q. t.
Forsiyulasldur va mavlidu mansha’i Gozirun navardi. Shahriyor shayxning otasi musulmon bo‘ldi. Va
shayxning valodati otasining islomiy zamonida erdi. Va shayxning intisobi tasavvufda Shayx Abu Ali
Husayn b. Muhammad Firuzobodiyi Akkorg‘adur. Va hadis ashobi suhbatig‘a yetibdur. Va barchadin
hadis rivoyati va osori bor. Va Makkada Shayx Abulhasan Abdulloh Jahzamiy Hamadoniyni ko‘rub
erdi. Va andin rivoyat qilibdurki, Zunnun q. s. debdurki, [sen ishga kirish. Chunki oz rizqqa qanoat
qilish kam amAlii ham poklaydi]
1
. Vuzarodin biriga Shayx bila irodate voqe’ erdi. Har necha jahd
qildikim, Shayx andin bir nima qabul qilg‘ay, qilmadi. Shayxga i’lom qildikim, har necha jahd
qildimki, mandin bir nima qabul qilg‘aysen, qilmading, necha banda ozod qildim va savobin sanga
bag‘ishladim. Shayx q. s. javob yubordikim, sening risolatingni manga yetkurdilar va yaxshiliging
shukrin ado qildim, lekin bandalar ozod qilmoq mening mazhabim emas, balki mening mazhabim
ozodlarni banda qilmoqdur rifqu ehson bila. Shayx r. a. Hazrat Risolat s. a. v.ni tushda ko‘rub
so‘rdikim, [tasavvuf nima?]
2
. Rasul s. a. v. dedikim, [tasavvuf da’vrlarni tark etish va ma’nolarni
yashirishdir]
3
. Yana so‘rdikim, [tavhid nima?]
4
. Javob toptikim, [ko‘nglingdan kechgan va xayolingdan
o‘tgan har narsadan Alloh subhonahuning boshqa ekanligidir; Tavhid shak-shubhadan, shirkdan, aybu
nuqsondan poklashdir]
5
. Yana so‘rdikim, [aql nima?]
6
. Javob toptikim, [aqlning eng pasti dunyoni tark
qilish, yuqori darajasi Alloh taoloning zoti xususida tafakkur qilmaslik]7. Shayxning osori viloyati va
g‘aroyib holati behaddu hasrdur. Tilagan kishi maqomotida topar. To‘rt yuz yigirmada zulqa’da oyida
dunyodin o‘tubdur.
328. Shayx Ro‘zbehon Baqliy q. t. s.
[Kuniyati Abu Muhammad b. Abu Nasr Baqliy Fasaviy summash Sheroziy]
1
Sultoni ulamo va
Burhoni urafo erdi, qudvai ushshoq. Holining bidoyatida Iroq va Hijoz va Shom safari qilibdur. Shayx
Abu Najib Suhravardiy bila «Sahihi Buxoriy» samo’ida Iskandariya sag‘rida sherik ekandur va Shayx
Sirojuddin Mahmud b. Xalifa b. Abdussalom b. Ahmad b. Solba ilgidin xirqa kiyibdur va oning ishorat
tili bila so‘zlari bor va bu qavm istilohoti bila musannafoti bor va ul jumladin «Aroyis» tafsiridur va
«Shathiyoti sharhi arabiy va forsiy», «Kitob ul-anvor fi kashf ul-asror» va bulardin o‘zga hamki,
barchaning te’dodining tuli bor va ba’zi musannafotida kelturubdurkim, qavvol kerakkim, yaxshi,
chiroylig‘ bo‘lg‘ay. Oriflar samo’i majma’ida ko‘ngullar tarvihi uchun uch nimaga muhtojdurlar:
ravoyihi tayyiba va vajhi sabih va savti malih. Va mashoyixdin ba’zi bu qavldin ijtinob buyurubdurlar.
Nevchunki, bu ish bir orifg‘a musallamdurki, ko‘ngli pokligi kamolg‘a yetmish bo‘lg‘ay va ko‘zi haq
s. t. g‘ayrini ko‘rmakdin yopilmish bo‘lg‘ay. Derlarki, ellik yil Sherozning Atiq jome’ida tazkir qildi
va va’z aytdi.
Sherozda bir kun borur erdiki, majlis aytqoy. Ko‘rdiki, bir zaifa qizig‘a nasihat qilib aytadurki, ey
farzand, husnungni elga ko‘p ko‘rguzmaki, xoru bee’tibor bo‘lur. Shayx dedikim, ey nosiha, husn anga
roze zmaski, yolg‘uzu munfarid bo‘lg‘ay. Ul borcha oni tilarkim, ishq bila qarin bo‘lg‘ay. Husnu ishq
azalda ahde bog‘labdurlarki, bir-biridin ayru bo‘lmag‘aylar Ashobqa bu so‘z istimo’idin ancha vajdu
hol yuzlandikim, ba’zi oning bila-o‘q bordi. «Futuhoti Makkiya» sohibi r, a. debdurki, Shayx
Ro‘zbehon Makkada mujovir erdi. [Vajd holida Xudoga tavajjuh qilib, shunday faryod qilardiki, tavof
qiluvchilarga tashvishlar berardi. Shu bois Haram tomnda tavof qilardi. U sodiq ul-hol edi]
2
. Nogoh bir
mug‘anniya muhabbatig‘a mubtalo bo‘ldi va eldin maxfiy erdi va ul vajdu sayhalarki, vajdi fillohda
Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat
Do'stlaringiz bilan baham: |