www.ziyouz.com
kutubxonasi
87
tortar erdi, boqiy erdi. Ammo avval Tengri ishqida erdi va holo ul mug‘ayniya ishqida. Bildiki, elga ul
aqida bo‘lg‘usidurki, emdi dog‘i haqiqat yuzidindur. Haram mashoyixi qoshig‘a bordi va xirqani
boshidan tortib, alar qoshig‘a tashladi va dedikim, tilamasmanki, o‘z holimda kozib bo‘lg‘aymen. Va
mug‘anniya mulozamatini lozim tutdi va chun shayxning ishqu holu muhabbatini mug‘anniya bildi.
Mutaassir bo‘lib bildiki, avliyo akobiridindur. Shayx ilayida tavba qildi va mulozim bo‘ldi va
shayxning ul tug‘yoni muhabbati taskin topdi va mashoyix majlisig‘a borib, xirqasin olib, yana egniga
soldi va g‘arib holoti shayxning ko‘pdurki, qalam aning sharhida ojizdur. Olti yuz oltida dunyodin
o‘tdi.
329. Abulhasan Karduya r. t.
Ilmu taqvo sohibi erdi. Sherozda oltmish yil o‘z uyida munzaviy erdiki, jum’a namozidin o‘zga va
ba’zi zaruriyatdin o‘zga ishga uydin chiqmadi. Va Xizr a.s. anga zohir bo‘lur erdi va suhbat tutarlar
erdi. Chun Shayx Ro‘zbexon Baqliy q. s. bemor bo‘ldi. Shayx Abulhasan Karduya va Shayx Ali
Sarrojki, Shayx Ro‘zbehonning avlodig‘a xol bo‘lur erdi. Shayxning iyodatig‘a bordilar. Shayx alar
sari boqib dedikim, kelingki, jismoniy hayot qaydidin chiqarbiz va ruhoniyu abadin hayotig‘a muttasif
bo‘lurbiz. Alar qabul qildilar. Shayx dedi: men sizlardin burun borurmen va sen, ey Abulhasan, o‘n
besh kundin so‘ngra manga yetarsen va sen, ey Ali, bir oydin so‘ngra. Shayx Muharramning
muntasifida bordi va Shayx Abulhasan Muharramning oxirida va Shayx Ali safarning o‘rtasida. r. t.
330. Shayx Abdulloh Balyoniy q. t. s.
Laqabi Avhaduddindur va shayx Abu Ali Daqqoq farzandlaridindur va nisbati Shayx Abu Alig‘a bu
nav’ yetarki, Abdulloh b. Mas’ud b. Muhammad b. Ali b. Ahmad b. Imron b. Ismoil b. Abu Ali
Daqqoq q. a.
Va Shayx Abi Alining bir o‘g‘li bor erdi – Ismoil va bir qizi bor erdi – Fotimabonu. Shayx Abulqosim
Qushayriyning mankuhasi va oning xirqasining silsilasi bu nav’ bo‘lurki, anga xirqa otasi Ziyovuddin
Mas’uddin va anga Shayx Asiluddin Sheroziydin va anga shayx Ruknuddin Sanjosiydin va anga shayx
Qutbuddin Abdurashid Abhariydin va anga Shayx Jamoluddin Abdussamad Zanjoniydin va ul
ikkalasiga Shayx Abunajib Suhravardiy q. s.din yetibdur. Ul bir kun Sherozda shayx Sa’diy
xonaqohig‘a bordi. Shayx Sa’diy bir ovuch filus kelturub, ilayiga to‘ktikim, darveshlar uchun sufra
muhayyo qilg‘aylar. Ul dedikim, ey Sa’diy, bir ovuch filus kelturub, darveshlar sufrasi uchun pul
keltirursan. Ul zarfni kelturkim, anga oltmish ikki oqcha to‘labsen. Shayx Sa’diy filhol ul zarfni hozir
qildi va ul vajhni darveshlar sufrasig‘a sarf qildilar.
Shayx Abdullohning bir muridi bor erdi tabboxkim, do‘koni bor erdi. Shayx har qachon anda yetsa
erdi, ul murid bir ayog‘ osh yasab, shayx uchun kelturar erdi. Bir kun ul murid do‘koniga yetganda ul
murid hamul dastur bila bir ayoq osh kelturub, Shayx ayog‘ ustida turub, ul oshni ichadur erdikim, bir
darvesh yetishti va oq pokiza xirqa kiyib erdi. Shayxqa dedikim, Ey shayx, tilarmanki, meni Tengri
taolog‘a dalolat qilg‘aysen va degaysenki, foyda ne ishdadur? To o‘shondoq qilg‘aymen. Shayx
ichadurgon ilkidag‘i ayog‘ oshni onga berdikim, olib ichgil! Ul olib ichgandin so‘ngra buyurdikim,
yog‘ bo‘lg‘an ilkingni bu xirqangg‘a surt va doim ushmundoq qil! Ul dedi: Ey shayx, muni qilaolmon.
O‘zga ish buyur! Shayx dedikim, muncha ishni qilaolmasang, har ishki buyursam qilaolmag‘ungdur.
Borki, sen bu ish kishisi emassen. Shayx Abdullohning mashrab tavhidi bag‘oyat biyik ekandur.
Elning vus’ig‘a sig‘mas. So‘zlar andin nazmu nasr yuzidin voqe’ bo‘lur erkandur
Ul jumladin bu ruboiydur. Ruboiy: [To Haqni o‘z ko‘zlarim bilan ko‘rmaguncha talab qilishdan aslo
to‘xtamayman. Xudoni ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydi, deydilar. Ular boshqa. Men esa, doimo shuni
istayman]
1
. Olti yuz sakson oltida ashuro kuni dunyodin o‘tubdur.
Do'stlaringiz bilan baham: |