Microsoft Word navoiy nasoyimul-muhabbat lotin ziyouz com doc


Shayx Muhyyddyn Abdulqodir Jiliy q. s



Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet263/369
Sana21.04.2022
Hajmi0,9 Mb.
#569706
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   369
Bog'liq
0969 Nevayi Nasayimul Muhebbet Latin-267s

564. Shayx Muhyyddyn Abdulqodir Jiliy q. s.
Kuniyatlari Abu Muhammaddur. Nasabda Alaviy Hasaniy ermishlar. Ona jonibidin Shayx Abu 
Abdulloh Savma’iyg‘a nabira bo‘lurlar. Va onalari Ummulxayr Amatuljabbor Fotima binti Abu 
Abdulloh Debdurki, chun farzandim Abdulqodir mutavallid bo‘ldi, hargiz Ra-mazon oyida sut 
ichmadi. Valodatlari to‘rt yuz yetmish birda ermish va vafotlari besh yuz oltmish birda voqe’ 
bo‘lubdur. Alar debdurlarki, kichik erdim, yozig‘a chiqib erdim va bir o‘yning quyrug‘in tutub erdim, 
hirosat uchun. Ul o‘y manga boqib dediki [buning uchun yaratilmading va amr etilmading]
1
. Qo‘rqdum 
va qaytdim. Va kelib uy tomig‘a chiqtim, hojilarni ko‘rdumki, Arafotda turub erdilar. Onam qoshig‘a 
keldim va dedimki, meni Tengri ishiga qil va ijozat berki, Bag‘dodqa boray va ilme kasb qilay va 
solihlarni ziyorat qilay. Mendin bu doiya sababin so‘rdi, ayttim. Ersa, yig‘ladi. Va qo‘pti va saksan 
oltun kelturdi. Va dediki, menga ota merosidin bu qolibdur. Yarimin qardoshim uchun qo‘ydi va 
yarimin mening to‘numg‘a tikdi va manga safar izni qildi. Va manga ahd berdiki, barcha ahvolda 
rostlik qil va mening vido’img‘a chiqdi. Va dediki, bor, ey farzand, Tengri uchun sendin kesildim va 
qiyomatqacha seni ko‘rmagumdur. Men oz qofila bila Bag‘dodqa tavajjuh qildim. Chun Hamadondin 
o‘ttuk, oltmish otlig‘ chiqdilar va qofilani tuttilar va manga ta’arruz qilmadilar. Nogoh birav manga 
yetti va dediki, neing bor? Dedim: qirq oltin. Dedi: Qani? Dedim: to‘numda tikiklikdur. Sog‘indiki, 
istihzo qiladurmen. Meni qo‘ydi va o‘tti. Va yana biri yetib ham andoq so‘rdi va hamul javobni eshitti. 
Ikkalasi ul jamoatning ulug‘lari qoshig‘a borib, bu so‘zni ayttilar. Ul meni tilab, hamul so‘zni so‘rdi. 
Va men hamul javobni berdim. Bir tepa ustida o‘lturub qofila ahli molin qismat qiladur erdi. 
Buyurdiki, to‘numni so‘ktilar va ul vajhni chiqardilar va sanadilar. Deganim bila muvofiq chiqdi. 
So‘rdiki, sening bu e’tirof qilurg‘a boising ne erdi? Dedimki, onam manga ahd berib erdi – sidqu 
rostliqqa! Va men aning ahdiga xiyonat qilmam. Pas, ul qavmning ulug‘i yig‘ladi va dediki, 


Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
180
yillardurki, men parvardigorim ahdig‘a xiyonat qilibmen. Va qiladurg‘on ishidin mening iligimda 
tavba qildi. Pas, ashobe dedilarki, sen tariyq qat’ida bizing muqtadomiz eding, emdi tavbada dag‘i 
sanga tatabbu’ qilurbiz. Va barcha mening iligimda tavba qildilar. Va har ne qofila ahlidin olib erdilar, 
barisin qaytara berdilar. Mening iligimda avval tavba qilg‘anlar alar erdilar. Alar to‘rt yuz saksan 
sakkizda Bag‘dodqa yettilar, vajd bila tahsilg‘a mashg‘ul bo‘ldilar. Avval Qur’on qiroati va fikh va 
hadis va ulumi diniyani takmil qildilar. Va aksar ulumni ul akobir qoshidaki, ul zamonda mutaayyin 
erdilar, bilib abnoyi zamong‘a foyiq bo‘ldilar. Va besh yuz yigirma birda majlis tutub, xaloyiq nasihatu 
va’zig‘a mashg‘ul bo‘ldilar. Alarda zohir karomati va ahvoli maqomot holi ko‘p ekandur. [Imom 
Yofiiy r. t.ning tarixida keltiriladi: Shayx Abdulqodir r. a. karomatlari haddan tashqari ko‘p edi. Men 
bilgan ulug‘ imomlardan biri shunday dedi: uning karomotlari tavotur yoki unga yaqin darajada. Va 
barchaga ma’lumki, jahon shayxlarining boshqa birortasiga bunday karomotlar zohir bo‘lmagan. 
Shayx Abu Muhammad Abdulqodir b. Abu Solih b. Abdulloh Jiliy, Shayx Abu Sand Muborak Ali 
Maxzumiy qo‘lidan xirqa kiydi. Va u Shayx Abu Hasan Ali b. Muhammad b. Yusuf Qurashiy 
Hakkoriydan va u Shayx Abu Faraj Tarsusiydan va u Shayx Abulfazl Abdulvohid b. Abdulaziz 
Taymimiydan va u Shayx Abubakr Shibliyning qo‘lidan xirqa kiydi. Alloh Taolo ruhlarini muqaddas 
qilsin!]
2


Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   369




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish