Microsoft Word musaffo osmon ziyouz com doc



Download 187,45 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/45
Sana09.03.2022
Hajmi187,45 Kb.
#486741
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   45
Bog'liq
musaffo osmon

www.ziyouz.com kutubxonasi 
23
Elza boshini ko‘tarib, tubsiz osmonga uzoq vaqt tikilib turdi, zero yovvoyilashgan ikkita maxluqning 
ko‘lagasini ko‘ksida ko‘tarib turgan bu zaminga qarash hozir Elza uchun og‘ir azob edi. Baland moviy 
osmonda esa, Puna — Bombay yo‘nalishida uchayotgan samolyot vag‘illardi. 
— Osmonga qarasang, yigirmanchi asrda yashayotganingni his etasan, lekin ko‘zingni yerga 
tiksang, xuddi... qaysi asrga qaytib ketasan, Ishoq? — so‘radi Elza hamrohiga diqqat bilan tikilarkan. 
Ishoq indamay nari yurib ketdi. Endi ikkovlari cho‘qqiga chiqib olgan edilar, haligi ikkita yovvoyi 
odam esa, boya Elza bilan Ishoq turgan yerga yana qaytishgandi. Ular chashma bo‘yida shosha-pisha 
yana chuqur kovlay boshlashdi, bir tomirni kovlab olib po‘stini artishdi, ichidan chiqqan yumshoq 
o‘zakka g‘archcha tishlarini botirib kovshay boshlashdi... Ular bir-birlarini itarishar, ko‘zlarida hayvoniy 
ochko‘zlik hirsi o‘t bo‘lib chaqnardi. 
— Qarang, siz bir qarang! — dedi Elza ingrab, uning ovozidagi yirganish ohangi achinish tuyg‘usi 
omuxta bo‘lgandi. 
— Yo‘q, qaray olmayman! Ko‘rolmayman! — deb Ishoq butalar orasiga sho‘ng‘idi. — U qusa 
boshlagan edi. 
Elzaning yordamida u o‘ziga keldi. 
* * * 
Keyin ular Shahzoda burni cho‘qqisida o‘tirib, ancha vaqtgacha uzoq-uzoqlarga cho‘zilib ketgan 
G’arbiy Gat tog‘ tizmasini, pastdagi vodiylar, yaylovlarni, tog‘ yonbag‘irlarini, tog‘ etagidagi kaftdek 
tekis dalalarni, to‘qayzor va uning ortida mavjlanib turgan dengizni hamda yolg‘iz o‘zi qo‘nqayib 
turgan mayoq minorasini tomosha qildilar. 
Nihoyat, Elza ko‘zidan durbinni olib, Ishoqqa uzatdi. 
Men bu mayoqni yaxshi bilaman, — dedi Ishoq ko‘ngli yorishib. — Ha, to‘g‘ri, u shundoqqina 
Bombay yaqiniga o‘rnatilgan. 
— Ha, — dedi Elza xayolga tolib, — Bombayning shundoqqina yonginasida — hozir mening erim 
o‘sha yerda. 
Uning ovozi ravon va mutlaqo xotirjam edi, shunga qaramay, bu ovoz Ishoqning yuragiga o‘tkir 
tig‘day sanchildi. 
— Shundoqqina Bombay yonida... u hozir mening... hozir u yerda Jamila! Endi meniki bo‘lmay 
qolgan Jamila! U... 
Ishoqning vujudi qaqshab, ko‘zlariga g‘ilt-g‘ilt yosh qalqdi. 
— Sen hali sevgilingni topasan! — degan Elzaning ovozi uning qulog‘i ostida yangradi. U kaftini 
Ishoqning qo‘li ustiga astagina qo‘ydi. 
— Hech qachon! Endi hech qachon topmayman! Odam o‘z umrida faqat bir martagina sevadi! — 
dedi qiynalib Ishoq. 
— Odam umrida bir marta sevishi ham, bir necha marta sevishi ham mumkin, — dedi Elza jiddiy 
tarzda. — Shunda ham u har gal muhabbatni endi birinchi marta tuyayotganday, yangi ma’shuqasini 
beg‘ubor, nurafshon muhabbat bilan chin dildan seva boshlaganday his qiladi o‘zini. Lekin ayni 
paytda, har qaysi yangi muhabbat oldingisidan albatta farq qiladi, u juda ham navnihol, ammo eng 
asl va eng qudratli muhabbat bo‘ladi. Men nima deyotganimni yaxshi bilaman, o‘zim ham boshimdan 
kechirganman buni. Odatda, odamlar xudodan, jamoatchilik gapidan qo‘rqqanlari sababli yo odob-
axloq yuzasidan bunday muhabbatni tan olishni istamaydilar, lekin bu bor gap! Ishon gapimga. Ba’zi 
paytlarda bir muhabbat barbod bo‘lib, ikkinchisi hali senga yetib kelmagan bo‘ladi, ana shunda 
qalbingni oylar, yillar davomida g‘am-hasrat, behafsalalik, bezavqlik qamrab oladi — qalb vodiylari 
unumsiz bo‘lib qoladi, buloqlardan qaynab chiqayotgan suvning shildirashi so‘nadi, daraxtlarning 
novdalari xuddi beva ayollar kabi motamsaro bo‘lib qoladi. Shunda ko‘zlaring atigi bittagina yashil 
yaproqni ko‘rish ilinjida olazarak bo‘ladi — afsuski, topolmaydi, qalbing eng nodir qo‘shiqni tinglash 
ishtiyoqida yonadi, — e voh, eshitilmaydi o‘sha qo‘shiq! Ana shunda sen, vassalom, endi boshqa hech 


Musaffo osmon (qissa). Krishan Chandar 

Download 187,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish