Microsoft Word musaffo osmon ziyouz com doc



Download 187,45 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/45
Sana09.03.2022
Hajmi187,45 Kb.
#486741
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   45
Bog'liq
musaffo osmon

www.ziyouz.com kutubxonasi 
22
“Ana ko‘rdingmi? — derdi uning sho‘x ko‘zlari. — Men bilan bu yerga chiqmaganingda, bu latofatli 
manzarani ko‘rish nasib etmasdi senga!” 
Ishoq tevarak-atrofga ko‘z yugurtirib chiqib, loqayd g‘udrandi: 
— Hay, nimasi yaxshi ekan bu yerning? Hammayoq o‘ydim-chuqur, jarlik, toshlar orasidan qaynab 
chiqqan suv pastga oqib tushyapti. Atrofda har turli gullar, anvoyi daraxtlar. Nima bo‘pti shunga? 
Elza qattiq achchig‘langanidan cho‘g‘day qizarib ketdi. U Ishoqqa beayov zarba beradigan gap 
aytish uchun endigina og‘iz juftlagan ham edi, shu payt kutilmaganda anjir daraxti orasidan 
shoxlarning shitirlagani va yugurib qochayotgan oyoq tovushlari eshitildi. Ishoq ham, Elza ham 
cho‘chib ketishdi. Bu tog‘lardagi hayvonlar kunduz kunlari odamlar bor joyga kelishdan hayiqadilar. 
Bu qanaqa jonivor bo‘ldiykin? Elza va Ishoq atrofga qo‘rqa-pisa ko‘z tashladilar, so‘ng chashma 
bo‘yidan sal yuqoriroqqa ko‘tarildilar. 
Yuqoriga o‘rlagan so‘qmoq yo‘ldan ikkita “jonivor” — erkak va ayol chopqillab chiqib ketayotgan 
edi. Ularning ikkovi ham bo‘ydor, cho‘pday ozg‘in, deyarli qip-yalang‘och badanlari qop-qora edi. Ular 
cho‘qqiga yetganda xatardan qutilganlarini sezganday to‘xtab, orqalariga o‘girilishdi va pastda, ancha 
uzoqda qolgan Elza bilan Ishoqqa ko‘zlari tushib, qo‘rqqanlaridan dag‘-dag‘ qaltiray boshladilar. Xuddi 
shu payt tog‘ orqasidan balqib chiqqan quyosh bu o‘rmon ahli ko‘lagalarini aniq tavsiflab ko‘rsatdi. 
Ishoq ularni imlab chaqirdi, — u o‘zi turgan yerda anchagina o‘yib qazilgan bir chuqurchani ko‘rgandi, 
chamasi, uni anavi ikkovlon kavlagan bo‘lsa kerak. Kavlangan chuqurchada qandaydir o‘simlikning 
kattagina salmoqli va yo‘g‘on tomiri dikkayib turardi. Ishoq egilib, qalamtarashi bilan tomirni kesib 
yuborgan edi, qop-qora po‘st ochilib, ichidan tomirning oppoq piyozi mo‘raladi. 
— Nima bu? — so‘radi Elza tomirga ishora qilib. 
— O’zim ham bilmayman! — dedi hayron qolgan Ishoq; u tepa boshida vahimaga tushib, xuddi 
qora yog‘ochdan yo‘nib yasalgan haykallar singari qotib qolgan qip-yalang‘och, hayvonsifat ikki 
odamni yana imlab chaqira boshladi. 
Ayol qiyofasidagi maxluq qochishga chog‘landi, lekin erkak uning qo‘lidan ushlab qoldi. 
— Hey! — deb qichqirdi Ishoq va marathiy tilida bir necha so‘z ham aytdi. 
Erkak bilan ayol yaqin tushib kelishdi. 
Ayol ham erkak kabi oriq va qop-qora edi. Ikkovining ham ko‘pdan beri ochlikda umr kechirib 
kelayotgani yaqqol ko‘zga tashlanib turardi. Ayolning shalviragan siynalari qurib, qovjirab qolgan 
charm qopchiqni eslatardi — faqat shunisi bilangina u erkakdan farq qilardi. U ham, hamrohi erkak 
ham chumolibel edilar. Erkakning belidan pastrog‘iga kanop ip yordamida ilingan bir parcha chor 
burchak latta uning peshini to‘sib turardi. Xuddi shunday bir parcha uvada ayolning ham jozibasini 
berkitgan edi. 
Ishoq ular bilan nima haqdadir so‘zlashdi, lekin ikkovlari ham unga javoban nuqul inkor ma’nosida 
bosh chayqab turaverishdi; keyin nimanidir ma’qullaganday bosh irg‘ashdi, hatto duduqlanib bir 
necha so‘z ham aytishdi. Ishoq kovlangan chuqurchadagi yo‘g‘on tomirga ishora qilib, ikkovlariga bir 
nima dedi, so‘ng Elzaga o‘girilib: 
— Ketdik bu yerdan! — dedi. 
— Bu odamlar kim? — so‘radi Elza Ishoqning orqasidan ergashib borarkan. 
— Mening qarindoshlarim... Uzoq qarindoshlarim... 
— Sizning?.. — so‘radi bu javobdan hayron qolgan Elza. 
— Ha, shunday, — javob qildi Ishoq bamaylixotir kayfiyatda. — Ular bilan biz atigi to‘qqiz ming yil 
burun qarindosh tutinganmiz. 
— O! — tushundi Elza. — Bunaqada, ular mening ham qarindoshlarim. 
— Bo‘lishi mumkin, — deb uning gapiga qo‘shildi Ishoq. — Lekin hozir bizlar bir-birimiz bilan 
qarindoshlardek munosabatda emasmiz negadir. Siz meni qarindosh deb e’tirof etmaganingizdek, 
men ham ularni yaqinlarim deb tan olmayman. 
Ular juda ham och, — dedi Elza o‘yga tolib. 
— O’simlik tomirlarini kovlab yeb kun kechirisharkan. Haligi tomirni ular “qandi mo‘l” deb atashdi. 


Musaffo osmon (qissa). Krishan Chandar 

Download 187,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish