Microsoft Word musaffo osmon ziyouz com doc



Download 187,45 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/45
Sana09.03.2022
Hajmi187,45 Kb.
#486741
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   45
Bog'liq
musaffo osmon

www.ziyouz.com kutubxonasi 
21
Ertasi kuni Ishoq bilan Elza yana uchrashishdi — ular mahalliy xalq ta’biricha, “Shahzoda burni” 
deb ataluvchi tog‘ cho‘qqisiga chiqishni kelishib qo‘yishgandi. Bu tog‘ Khandalani o‘rab turgan hamma 
cho‘qqilardan balandroq va agar unga pastdan turib qaralsa, u chindan ham qandaydir qirg‘iyburun 
takabbur aslzodani eslatardi. Ishoq ilgari ham Khandalada bo‘lgan, ammo bu toqqa chiqmagandi, shu 
bois unga chiqadigan yo‘lni ham bilmasdi. 
— Khandalaga bir necha marta kelgan ekansiz, nahotki bir marta bo‘lsa ham Shahzoda burni 
cho‘qqisiga chiqib ko‘rmagansiz? — so‘radi hayron qolgan Elza. 
— Bir marta ham chiqmaganman. 
— Hov anavi tepalikdagi italyancha missiyada bo‘lganmisiz? 
— Yo‘q, bo‘lmaganman. 
— Manavi cho‘qqidan, — ko‘ryapsizmi, u qush tumshug‘iga o‘xshab ketadi, — o‘sha yerdan teran 
jarlikka shovullab tushayotgan shalola manzarasi juda ajoyib ko‘rinadi. Essiz, bu yerdan u 
ko‘rinmaydi-da. Siz albatta u cho‘qqiga chiqqan bo‘lsangiz kerak? 
— Yo‘q. 
— Khandala bilan Lonavala orasidan oqib o‘tadigan anhorni bilarsiz? U vodiy va so‘qmoq yo‘l 
yoqalab ilonday to‘lg‘anib oqadi. U yerda chiroyli joylar juda ko‘p! Siz u yerda bo‘lgansiz albatta! 
— Yo‘q, bo‘lmaganman. 
— Bu yerdan bir necha milya narida Lonavala tepaliklari ortida kichik bir ko‘l bor — atrofida bironta 
ham uy yo‘q. Hatto u yoqqa boradigan yo‘lning o‘zi yo‘q. O’sha tomonlarda bo‘lganmisiz? 
— Yo‘q, bo‘lmaganman. 
Elza yurishdan taqqa to‘xtab, shamsiyasi uchini yerga sanchdi. U bir necha soniya davomida unsiz 
hayrat bilan Ishoqqa tikilib turdi, so‘ng jahl aralash so‘radi: 
— Ha, yaxshi. Siz turgan oteldan atigi yuz futcha narida bir ko‘l bor, unga Tataning kichkina elektr 
stantsiyasi o‘rnatilgan — u daraxtlar panasida bo‘lgani sababli bu yerdan ko‘rinmaydi, — hech 
bo‘lmasa, o‘sha yerga borgandirsiz? 
— Yo‘q. 
— Tog‘ chashmasi bo‘yidagi haligi... 
— Menga qarang, — deb uning so‘zini bo‘ldi Ishoq. — Nega meni bunday so‘roqqa 
tutayotganingizni nahotki tushunmayotgan bo‘lsam? Ha, siz mutlaqo haqsiz. Chindan ham men hozir 
siz sanab o‘tgan yerlarning birontasida ham bo‘lmaganman. Bu yerga bir necha marta kelgan bo‘lsam 
ham, doim do‘stlarim bilan kelardim. Bizlar otelda o‘tirib olib, ichkilikxo‘rlik, vaqtichog‘lik qilardik, 
qarta o‘ynardik. Kechqurunlari, agar zerikib ketsak, bozor aylangani pastga tushardik, qaytib 
chiqqach, yana shishalarga hujum boshlardik. Hind sayyohlarning aksari Khandalada faqat shunday 
vaqt o‘tkazadilar. 
— Tavba, hali shunaqami tog‘ kurortlari zimmasiga yuklangan vazifa? — dedi Elza qahri qaynab. — 
Shunday go‘zal tabiat quchog‘iga kelgan odamlarning to‘rt devor ichida o‘tirib olib ichkilikxo‘rlik 
qilishlarini hech tasavvur qilolmayapman. 
Ishoq indamay yana yurib ketdi. 
Ular “Atirgul oteli” tepasidagi toqqa ko‘tarildilar, bu yerdan sokin suvi to‘g‘on bilan to‘silgan ko‘l 
ko‘rinib turardi. Quyosh hali chiqmagan, ko‘lning yuvosh suvi, ayniqsa, uning uch tomonini o‘rab 
olgan qirg‘oq yaqinidagi suvi, bu yerdagi daraxtlar soya solib turganligi sababli, to‘q-yashil rangga 
kirgan edi; ko‘lning to‘rtinchi tomonini to‘g‘on to‘sib turardi. 
— Xo‘sh, nimasi yaxshi ekan bu manzaraning? — so‘radi Ishoq. 
Elza bu qochiriq gapga e’tibor bermay, yuqoriga o‘rlashda davom etdi. Ular yana bir necha futga 
ko‘tarilishdi. Shu chog‘ ularning yo‘lini tog‘ qa’ridan qaynab chiqayotgan chashma jilg‘asi kesib o‘tdi. 
Chashmaning o‘zini yovvoyi anjir shoxlari pana qilib turardi. Chashma bo‘yini ham, tog‘ yonbag‘rini 
ham, tog‘ cho‘qqisiga chiqquncha bo‘lgan butun yonbag‘ir qiyalikni ham gullar gilami qoplagan edi.
Elzaning ko‘k ko‘zlarida quvonch uchqunlari chaqnadi. U ter bosgan peshonasi va yuzini artarkan
Ishoqqa tantanavor nigoh tashladi. 


Musaffo osmon (qissa). Krishan Chandar 

Download 187,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish