Microsoft Word musaffo osmon ziyouz com doc



Download 187,45 Kb.
Pdf ko'rish
bet31/45
Sana09.03.2022
Hajmi187,45 Kb.
#486741
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   45
Bog'liq
musaffo osmon

www.ziyouz.com kutubxonasi 
31
tikaman. Ko‘pchilikning ta’biricha, durustgina etikdo‘zmishman, shuning uchun bo‘lsa kerak, buyurtma 
beruvchilarning keti uzilmaydi. Undan keyin, bilasanmi, bu yer aholisining aksariyatiga 
maslahatgo‘ylik qilaman. Oldimga baqqollar ham, dehqonlar ham, ofis xodimlari ham o‘z tashvishlari
dardlari bilan kelishadi. Mendan maslahat so‘rashadi. Ba’zilar arazlashib, nizolashib qolganlarni 
yarashtirib qo‘yishimga ham to‘g‘ri keladi. Khandala bozorida ham, qishloqqa borib ham qanchadan-
qancha odamlarni yarashtirib qo‘ydim. Ular sudga ham, politsiyaga ham murojaat qilib yurmaydilar. 
Men bo‘lsam foydali, savob ish qilganimdan xursandman. Ana shunda odamlarga kerak ekanligimni 
o‘ylab, g‘ayratim qo‘zib ketadi. 
— Shuning uchun bo‘lsa kerak, politsiya inspektori muovini sen bilan gaplashishni xohlamadi — 
sen uning nonini yarimta qilarkansan-ku! 
Mardikor kulib yubordi. 
— Mana, to‘rt oydirki, hech kim sudga ariza bermay qo‘ydi, hamma mening oldimga keladigan 
bo‘ldi. Nima, yomonmi? Men pul olmayman, yamoqchilik qilib o‘tirib odamlarga maslahat 
beraveraman. 
— Savoding bormi? 
— O’rta maktabni bitirganman. 
— O’rta maktabni bitirib yamoqchilik qilyapsanmi? O, sen Bombayda yashashing kerak... 
— Bombayda boylarning tovonini yalab kun kechirganimdan ko‘ra, Khandalada kambag‘allarning 
poyabzalini yamab yashaganim yaxshi! — deb Ishoqning so‘zini bo‘ldi Mardikor. — Shu yer yaxshi 
menga. 
— Xo‘p, yaxshi. Lekin sen menga aytmading, nima uchun urush va tinchlik masalasi sening ishing 
ekanligini. 
Mardikor qahr bilan ilgakli qo‘lini silkitdi. 
— Bo‘lmasa, kimning ishi u? Nima, ko‘rmayapsanmi ahvolimni? Hamonki urush meni majruh qilib 
chiqitga chiqargan ekan, boshqa odamlarning ham mayib va nogiron qilishlariga beparvo qarab 
turaveradi, deb o‘ylaysanmi meni? Yo‘q, yanglishasan, mister, men bunday qilolmayman, qilmayman 
ham! Tirik ekanman, Khandalaning bironta ham yigitini armiya safiga ololmaydi ular! 
— Kim — “ular”? 
— Kim bo‘lardi! Otellarning xo‘jayinlari-da! Ular inglizlar bo‘lgan avvalgi paytning yana qaytib 
kelishini kutib yotishibdi; ular shunday xayollar bilan uxlab ketarkanlar, tushlarida Koreyada urush 
boshlanganini yoki Xitoy bilan Amerika o‘rtasida, Rusiya bilan Amerika o‘rtasida, yo bo‘lmasa, yo‘q 
deganda, Hindiston bilan Pokiston o‘rtasida urush bo‘layotganini ko‘radilar! Kimning kim bilan qaerda 
urush qilishi ular uchun baribir — faqat urush bo‘lsa bo‘lgani, faqat askarlar uchun gospitallar ochilsa
marra ularniki! 
— Lekin ular uchun eng muhimi urush emas, — deb e’tiroz bildirdi Ishoq, — pul, faqat pul. Bu 
yerda otellar huvillab yotibdi, chet ellik sayyohlar kelmay qo‘ygan, inglizlar jo‘natib yuborilgan — pul 
topish uchun boshqa yo‘l yo‘q. Xo‘sh, nima qilsinlar? Bas, ahvol shu ekan, inglizlarning qaytib kelishi 
yoki yangi urush boshlanishi haqida orzu qilmay bo‘larkanmi? 
— “Nima qilsinlar?” Buning yo‘li ko‘p, — dedi Mardikor jahl bilan. — Faqat shunisi chatoqki, bu 
yaramaslar o‘zgalarning xordiq chiqarishi hisobiga pul topishni odat qilganlar. To‘g‘ri, men ham 
Khandalaning farovon hudud bo‘lishini xohlayman, men ham bu yerdagi barcha otellarning dam 
oluvchilar bilan doim gavjum bo‘lishini, bozorlarda xaridorgir mollar doim qalashib turishini istayman. 
Lekin senga shuni aytishim kerak: bu orzu-istaklarga eskicha usul bilan aslo erishib bo‘maydi. 
Khandalaning go‘zal manzarasini tomosha qilib bahra olishni hamma ham xohlaydi, lekin bu yerda 
otel xonasi uchun kuniga o‘n sakkiz rupiyadan to‘lab yashashga ko‘pchilikning qurbi yetmaydi. 
Aytmoqchimanki, mehmonxonalarning egalari ijara haqini arzon qilishlari kerak. Axir kimga keragi bor 
har bittasi uch-to‘rt xonadan iborat bo‘lgan kottejlarning? Undan ko‘ra, har qaysi xonaga sakkiz-
o‘ntadan karavot qo‘yib, har bir o‘rin uchun bir rupiyadan haq olishsin. Keyin, ovqatlanish paytida har 
bir kishi uchun sakkiz xil taom tortish isrofgarchilik emasmi? Buning o‘rniga dam oluvchilar uchun 


Musaffo osmon (qissa). Krishan Chandar 

Download 187,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish