Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/184
Sana30.12.2021
Hajmi0,65 Mb.
#197533
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   184
Bog'liq
murdalar ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
90
Yaqin bil, to‘rt oyoqlik modadir ul...
20
 
Ayni chilla paytida brigadalariga bir muxbir kelib, qamish chaylada oshxo‘rlik qilib, 
«yuzta-yuzta otib» o‘tirishganda yomon xotindan gap chiqdi-yu, mehmon shu satrlarni 
o‘qib berdi. Ayrim so‘zlariga yaxshi tushunmasa ham she’r Toshboltaga ma’qul kelib, uch 
marta qayta o‘qittirdi. Muxbir yigit «xotin oydek bo‘lsa ham, quyoshdek bo‘lsa ham, agar 
u yomon bo‘lsa urg‘ochi eshshakning o‘zidur», deb izoh bergach, to‘lqinlanib, ko‘zlari 
yoshlanib «akam bo‘lasiz!» deb cho‘lpillatib o‘pib ketdi. So‘ng satrlarni bir parcha 
qog‘ozga yozdirib ham oldi. Kayfi tarqagach, she’rni ham, satrlar yozilgan qog‘ozni ham 
unutdi. Ko‘ylagi yuviladigan bo‘lganda Adolatning qo‘liga tushib, u labini burdi. She’rni 
o‘sha muxbir yozgan deb o‘ylab, eriga dashnom berdi-da: «o‘shaningiz bekorlarning 
beshtasini aytibdi, shayton urg‘ochi bo‘lmaydi, erkak bo‘ladi, she’r ham «yomon xotun 
emas, yomon erkak deyilgan», deb donolik qildi. Uning ishonch bilan aytgan gaplarini 
tinglagan kishi «shaytonni shu tuqqanga o‘xshaydi, shaytonning erkakligini aniq bilyapti-
ku» deyishi mumkin. 
Er-xotin orasida birinchi janjal chiqqanida Adolatning o‘zi unga «ovora bo‘lmang, meni 
qo‘ya olmaysiz. Mendan faqat o‘libgina qutulasiz», deb dangal aytgan edi. Toshbolta 
nima qilsin, taqdirga tan berib yashayverdi. Faqat ichib olgan kezlari do‘stiga hasrat qilib 
«e, oshnam, sen mening dardimni bilmaysan, peshonamning sho‘rini o‘lchash uchun 
traktor tortadigan tarozining ham kuchi yetmaydi», deb nolirdi. Adolat esa mehribonlik 
qilib unga yana uchta qiz tug‘ib berdi. Qizlari tug‘ilgunicha bir navi edi. Ana undan keyin 
Nafisaning ham qora kunlari boshlandi. O‘gay ona qanday bo‘lmog‘ini bilmoq istaganlar 
Nafisadan so‘rasalar edi, u aytib berardi. O‘gay onalarning zulmi haqida hikoyalar ko‘p. 
Adolat ulardan o‘tsa o‘tardiki, kam emas edi. Nafisani Tursunaliga ro‘para qilish fikri 
dastlab aynan shu xotindan chiqqani inobatga olinsa, makr bobida tengsiz ekanini 
anglamoq mumkin. 
... Toshbolta o‘likxonaga olib ketilgan qizining murdasini qachon olishi mumkinligini 
so‘rashni ham unutib, qishlog‘i sari yo‘l olganida Adolatning o‘sha fikrini esladi. Esladi-
yu, bo‘g‘ildi. Shunda ham «Ahmoq xotinning gapiga kirgan — men ahmoq!» demadi. 
Uning aqlsiz aqliga bunday gapning kelishi mumkin ham emasdi. Buning o‘rniga 
«Nafisani direktorga qo‘shingu keyin Tursunalini sog‘in sigirday sog‘ib yuravering», 
degan tillarini uzib olgisi keldi. Qanday qilib qo‘shishni o‘rgatgan bu xotinni o‘sha payt-
da o‘ldirmaganiga achindi. «O‘ldirganimda meni ham otishardi, bu azoblarga duch 
bo‘lmas edim...». 
Toshbolta qizining shu yo‘l bilan baxtli bo‘lishiga ishongan edi. Dastlab baxt quyoshi 
charaqlagan ham edi. Bu nurdan uning xonadoni bahramand edi. Uylariga gilamlar... 
rangli televizorlar kirgan edi. Sibiriyaga qatnay boshlagach, u ertakdagi baliqchi cholga, 
Adolat esa kampirga aylandi-qoldi: teshik tog‘oraga qanoat qilmadi, saroyga ham... 
Uylari direktornikidan kam emasdi... Navbat «Jiguli»ga yetganda... 
Baxt quyoshi birdan so‘ndi. Baxt quyoshi deb o‘ylab yurganlari aldamchi ko‘rinish 
ekan. Bu quyosh deb o‘ylaganlari nur emas, qon sachratayotgan ekan. 
Toshboltaning nazarida bularning barchasiga Adolat aybdor edi. Uyiga kela kelgunicha 
bu fikr qat’iy qaror quvvatini oldi. Shu bois ham salomga alik olmay «saloming boshingni 
yesin», deb qo‘ygan edi. 
Toshbolta ayvonga to‘shalgan ko‘rpachaga omonat o‘tirdi. U aslida uyga kirmay 
qishloqdagi oshnalarinikiga borib, boshiga tushgan kulfatdan ogoh qilmoqchi, «qaerga 
ko‘mganimiz ma’qul, shu yergami yo qishloqqami? Tog‘alariga xabar berayinmi yo 
yo‘qmi?» deb maslahatlashmoqchi edi. Keyin fikrini o‘zgartirib, xotinga xabar berib 
                               
20
 Hazrat So‘fiy Ollohyordan. 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish