Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/184
Sana30.12.2021
Hajmi0,65 Mb.
#197533
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   184
Bog'liq
murdalar ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
92
qochdi. Toshbolta uni quvlamoqchi bo‘lganida oyog‘i zinada toyib ket- di-yu, yonboshiga 
gursillab yiqildi. Chakkasi ayvon ustuniga urildi. 
Adolat bu holatni ko‘rib, avvaliga «Ajab bo‘lsin, battargina bo‘l-a!» — deb o‘yladi. 
So‘ng erining qimirlamay qolganini ko‘rib «voy o‘layin, voy dadasi!» — deb yugurganicha 
yaqinlashdi. Toshbolta hadeganda xushiga kelavermagach «Voy-dod, erim o‘lib qoldi! 
Voy-dod, shunqorimdan ayrilib qoldim!» deb faryod ko‘tardi. Uning ovozini eshitgan 
qo‘shnilar chiqib, Toshboltani ko‘tarib ayvonga yotqizishdi, vrach chaqirishdi. Vrach «Shu 
yerda qimirlamay yotsinlar, qimirlatsanglar uzilishlari mumkin», dedi. 
— Tuzalib ketadilarmi, axir? — deb so‘radi Adolat. 
— Umid qilavering. 
Adolat bu javobni eshitib «Do‘xtur bo‘lmay o‘la-a, tuzatish qo‘lingdan kelmasa, 
nimaga umid qilaman»,— deb ming‘irladi. 
Ertasiga Toshboltaning xastaligidan xabar topgan oshnalari kelishdi. Yengil xurrak 
otib, harakatsiz yotgan do‘stlariga achinib qarab o‘tirishdi. «Yo‘lda urinib qolgandir?» — 
deb xulosa chiqarishdi. Shunda Adolat: 
— Yo‘l ham bir go‘r, qizlarini o‘ldirib ketishibdi. Shundan kuyib ketdilar, — dedi. 
Oshnalar bu kutilmagan fojea xabaridan ajablanib: «Qachon? Qaerda?» deb so‘rashdi. 
Adolat «aytishga ham ulgurmay shunaqa bo‘lib qoldilar», — deb bezrayib o‘tiraverdi. 
«Dafn etishibdimi?» degan savol ham javobsiz qoldi. Shunda ular «Dafn etadag‘on bo‘lsa 
o‘sha yerdan telpon qilib xabar berardi, uch kun o‘tirardi», degan to‘xtamga kelishdi. 
Bir oz jimlikdan so‘ng oshnalardan biri: 
— Unda borib mayitni olib kelish kerak, dafn etish kerak, — degan taklifni aytdi. 
Ayvonning bir chetida o‘tirgan Adolatga bu taklif ma’qul kelmadi. 
— Ko‘madigan eri bor-ku? — deb tanbeh berdi. 
Oshnalar bu xotin oldida maslahatlashish ortiqchaligini bilib, o‘rinlaridan turishdi. Bu 
xonadondan chiqib to‘g‘ri samovorxonaga bordilar-da, maslahatlarini davom ettirdilar. 
Oradan bir soat o‘tmay uch kishi shaharga yo‘l oldi. Bir kishi Toshboltaning qishlog‘iga, 
Nafisaning tog‘alariga xabar berish uchun jo‘nadi. 
 
Mayitni olib ketamiz, deb kelgan uch kishi kun bo‘yi ovorai-sarson bo‘ldilar. 
Maslahatni xom-xatala pishirib yo‘lga chiqaverganlaridan afsuslandilar. Marhumaning 
uyini bilishmasa, nasabini bilishmasa, erining kimligini bilishmasa bu katta shaharda ular 
sarson bo‘lmay yana kim bo‘lsin? Ular yo‘lga chiqishganda «o‘likxonaga boramizu» 
og‘aynimiz Toshbolta kasal bo‘lib qoldi, qizining jasadini beringlar», deymizu jasadni 
moshinga yuklab shomgacha yetib kelamiz, bomdodga chiqaramiz», deb mo‘ljal 
qilishgan edi. Avtobusdan tushishgach, bir taksini kira qilishib, «bizlarni o‘likxonaga 
boshlab boring, uka», deyishdi. 
— Qaysi biriga? — dedi taksichi. 
— Ie, o‘likxona ko‘pmi bag‘da? — deb ajablanishdi oshnalar. 
— Katta kasalxonalarning har birida bor-da, — dedi taksichi. 
— Unda eng kattasiga boshlang, — deyishdi oshnalar. 
Kasalxonada «qachon o‘lgan, familiyasi nima?» degan savolga yelka qisish bilan javob 
berishdi. Ikkinchi joyga borishganida ham shu savolga duch kelishib «egasiz murdalar 
bo‘lsa, ko‘rsating», deyishdi. Ko‘rishdi ham. Uchinchi yerga borishganida «qachonligini 
bilmaymiz-u, ammo bir-ikki kun ichida o‘ldirib ketishgan shekilli», — deyishdi. Ana 
shunda masala sal oydinlashib «kasalxonalardan axtarmanglar, o‘ldirilgani aniq bo‘lsa 
boshqa yerga boringlar», deb qaerga borish lozimligini tushuntirishdi. U yerda ham 
«familiyasi?» degan savolni eshitib xunob bo‘lishdi. 
— Hoy, uka, tushunyapsizmi, juvonni o‘ldirib ketishgan, — deyishdi. 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish