Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/184
Sana30.12.2021
Hajmi0,65 Mb.
#197533
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   184
Bog'liq
murdalar ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
162
— Qamoqda olim odam uchun alohida imtiyozli xona bo‘lmaydi. Bunaqa imtiyozlar
unvonlar, martabalar ozodlikda bo‘ladi. U yerda hamma teng. Martabalari ham, 
imtiyozlari ham bab-baravar. 
— Kitobdagi gaplarni aytyapsiz menga. Birinchi marta o‘tirgan odam bilan uchinchi yo 
to‘rtinchi marta qamalgan odamning sharoiti bir xil bo‘lmaydi-ku? Bizning bir 
qarindoshimiz borlar. Uch-to‘rt yil qamoqda o‘tirsalar, ozodlikda bir-ikki oygina yuradilar. 
Yana bir balo qilib qamaladilar. O‘sha odam Samandar aka bilan o‘tirsa tenglik 
bo‘larmidi? Choyi bo‘lsa choyini ichib qo‘yar, sigareti bo‘lsa chekib qo‘yar... Menga o‘zlari 
aytib berdilar: odamlarni laqillatib qarta o‘ynarkanlar. «Prosto tak, «durak» o‘ynaymiz» 
derkanlar. Keyin «pro STO deganman», deb yuz so‘mni bo‘yniga qo‘yarkanlar. Siz 
aytgan tenglik shumi? Nega kulyapsiz? 
Bobomurod miyig‘ida kulgan edi, yigitchaning ziyrak nigohi shuni ham ilg‘ab, uni 
savolga tutdi: 
— Men kulgili gap aytdimmi? 
— Xuddi qamoqxonada yashab chiqqanday gapiryapsiz, uka, — dedi Bobomurod. 
— Gaplarim noto‘g‘rimi? 
— To‘g‘ri. Lekin har bir joyning o‘z qonunlari bo‘ladi. Bu hayotda lalaygan odam 
ertami-kechmi qamoqqa tushishi mumkin. Qamoqda lalaygan odam esa lahadga 
tushadi. Hayot ham urushga o‘xshagan narsa, uka. Kim lalaysa yo tuhmat o‘qiga 
uchraydi, yo kambag‘allik to‘riga ilinadi, yo yana boshqa bir baloga uchraydi. Jang 
paytida kerishib, esnayotgan odamning miyasini o‘q o‘pirib yuboradimi? Hayotda ham 
shunday. Ziyrak odam yashab qoladi.  
— Sanjar aka lalaygan laqmamilar? 
— Unaqa deganim yo‘q. Man u odamni tanimayman. Tanimagan odamimga esa baho 
bera olmayman. 
Shu payt Abduqayum surat ishlab chiqqan xonada nimadir chirsilladi. 
— Oyijon, suratlar quridi, quritgichni o‘chirib qo‘ying, iltimos, — dedi Abduqayum 
oshxona tomonga qarab. Onasi darrov chiqib, aytilgan ishni bajardi.— Bugun qo‘llarimga 
ancha jon kirib, suratlarni ishlab qo‘ya qoldim, — Omonullo Abduqayumning panjalari bu 
safar yengilroq bog‘langaniga e’tibor berdi.— Aka, siz ketganingizdan keyin men ko‘p 
o‘ylandim. Odamlar tug‘iladilar, yashaydilar, o‘ladilar. Tug‘ilsa — quvonamiz, o‘lsa xafa 
bo‘lamiz. O‘sha o‘lgan odam tirikligida yaramas ishlarni ko‘p qilganiga qaramay 
achinaveramiz, afsuslanaveramiz. Men avval ko‘rishganimizda ham aytuvdim: Nafisa 
opani siz qidirayotgan odam o‘ldirmaganida ham baribir boshqa bahonai sabab bilan bu 
dunyoni tashlab ketardilar. Siz hozir qotilni emas, sababchini qidiryapsiz. Bilasizmi, men 
odamning o‘lganiga achinmayman. Chunki o‘lim hamma uchun atalgan ne’mat. Men 
imonsiz ketgan odamlarga achinaman. Imonsiz ketsa u dunyodagi ahvoli nochor bo‘ladi, 
men shunga afsuslanaman. Nafisa opa ancha imonga kirib qolay devdilar... savol-
javoblari oson bo‘lsin, ishqilib... Oyijonim ba’zan menga qarab turib ranjiydilar, mening 
bunaqaligimdan eziladilar, o‘zlarini aybdor deb hisoblaydilar. Do‘xtirlar «sizga tug‘ish 
mumkinmas», deyishgan ekan. Do‘xtirning aytgani emas, Ollohning xohlagani bo‘ladi. 
Olloh oyijonimga farzand berishni ixtiyor qildimi — do‘xtiringiz nima deya oladi? Ko‘p 
gapiryapti, deb g‘ashingiz kelmasin. Shu gaplarni aytish uchun rosa o‘yladim-da. Siz 
qotilnimi yo boshqa jinoyatchinimi izlaysiz, ushlaysiz, qamaysiz. Lekin birini qamasangiz 
ikkinchisi tayyor turadi. Sizdan oldingilar ham qamab tugatolmagan, sizlar ham 
tugatolmaysiz, keyingilar ham. Nima uchun, bilasizmi? Amaki, aytaveraymi, jahlingiz 
chiqmaydimi?  


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish