Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/184
Sana30.12.2021
Hajmi0,65 Mb.
#197533
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   184
Bog'liq
murdalar ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
160
bo‘yoq to‘lib qolgan. Buragich tegmagan. Demak, qulf olinmagan, tekshirilmagan. Qani, 
ichkari kir, ko‘rsat. 
Omonullo oshxona tomonga o‘tib, o‘liklar yotgan yerni ko‘rsatdi. Bobomurod uning 
so‘zlarini eshitayotgan bo‘lsa ham, uncha e’tibor bermay, yuvinish xonasini qayta-qayta 
ko‘zdan kechirdi-da: 
— Bular kirishganida qotil shu yerda yashirinib turgan, eshikni avval erkak ochgan, — 
dedi. 
— Avval ayol ochgan bo‘lishi ham mumkin. Qotilni ko‘rib, dod deganicha qochgandir, 
keyin erkak qaraganu ko‘kragidan pichoq yegan. Keyin ayol... 
— Balki shundaydir. Har holda «o‘ynashlar maishat qilib o‘tirishganda yoki 
yotishganda eri kirib qolganu...» degan taxminni bekor qilganing to‘g‘ri. Bu yerga 
«o‘ynash», «rashk» degan gap sig‘maydi. 
Bobomurod boshqa uylarni ham erinmay kuzatib chiqdi.  
— Ayolning qulog‘idan, barmog‘idan taqinchoqlar olingan bo‘lsa... o‘g‘rining ishi 
bo‘ladi, — Bobomurod shunday deb Toshboltaga ajratilgan xona ostonasida to‘xtab 
qoldi. Deraza tomondagi javonga, uchi bir oz qayrilib qolgan gilamga tikildi: 
— Javonni senlar surdilaringmi? 
— Yo‘q, joyida qimirlamay turibdi. 
— Xonada shuncha bo‘sh joy turib, javon hech zamonda derazaga taqab qo‘yiladimi? 
— Bobomurod shunday deb «javon avval qaerda turgan bo‘lishi mumkin?» deb 
chamaladi, so‘ng devorga yaqinlashib jimir-jimir gulli qog‘ozlarga bitilgan harflarni 
o‘qimoqchi bo‘layotganday tikildi: — Javon uzoq vaqt mana bu yerda turgan. Yaxshiroq 
qaragin, chang izlarini ko‘rasan. Endi pastga qara: gilamning chetlarini javon bosib 
turgan. Uni kim, qachon surgan? 
Bobomurod savoliga javob kutmay gilamning bir uchini ehtiyotlik bilan tutdi-da, 
Omonulloga «bu uchini ushla», deb buyurdi. Ikkovlashib gilamni o‘rab, chetga surdilar. 
Uy o‘rtasidagi to‘rtta pol taxtaning ko‘chirilganini aniqlash uchun kriminalist bo‘lish shart 
emasdi. Bobomurod «Qalaysan endi?» degandek Omonulloga qarab qo‘ydi-da: 
— Hech mahal pol taxtaning buragich mixlar bilan qoqilganini ko‘rganmisan? — deb 
so‘radi. 
Omonullo undan ko‘zlarini olib qochdi. Xuddi shu yerda o‘sha kuni Toshboltaning 
jomadonlari turgan, shuning uchunmi, gilamni ko‘tarib qarash hech kimning xayoliga 
kelmagan edi. 
— Odamlaringni chaqir, tekshirishsin. Bu yerda nimadir bo‘lgan, — dedi Bobomurod. 
Omonullo navbatchiga qo‘ng‘iroq qilgach, «Anavi vunderkind bolangni bir 
ko‘rmaymizmi?» — deb taklif qildi. 
Omonulloga bu taklif ma’qul keldi. Aslida Samandar bilan bo‘lgan uchrashuvdan so‘ng 
yuqori qavatga ko‘tarilmoqchi edi. Vaqt ziqligi uchun «bola yana ezmalanib, aql 
o‘rgatishni boshlasa ishlarim qolib ketadi», deb uchrashuvni keyinroqqa surgan edi. 
«Hozir ayni payti» degan fikrda yuqoriga yo‘l boshladi. Qo‘ng‘iroq tugmasiga qo‘l 
yuborganida ichkaridan «kiravering, eshik ochiq» degan ovoz kutdi. Kutgan taklif 
eshitilmagach, ajablangan tarzda qo‘ng‘iroq tugmasini bosdi. Ikkinchi marta bosishga 
ulgurmay eshik ochilib, past bo‘yli, ozg‘in, rangpar ayol ko‘rindi-da, «kelinglar», deb 
ularga xavotir bilan qaradi. Omonullo o‘zini tanishtirgach, «Abduqayum bilan 
gaplashmoqchi edim», deb maqsadini aytdi. Ayol Bobomurodga bir oz tikilib qaradi-da, 
«kiringlar», deb ichkariga chekindi.  
Omonullo ichkari kirib Abduqayumning bo‘sh karavotiga ko‘zi tushdi-yu, ko‘ngliga 
noxushlik oraladi. Bo‘sh karavot, ayolning horg‘in ko‘rinishidan xayoliga turli fikrlar 
yog‘ila boshladi. Ayol ko‘rsatgan joyga o‘tirgach: 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish