Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/184
Sana30.12.2021
Hajmi0,65 Mb.
#197533
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   184
Bog'liq
murdalar ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
169
O‘sha daqiqalardayoq mish-mishlar alangasi hamma yoqni qamrab oldi: 
— Yerliklar tog‘liklarni tiriklayin yondirishibdi... 
— Tog‘liklar avtomatlar bilan qurollanib katta kuch bilan shaharga yopirilishibdi... 
Tahlika, vahimada qolgan aholi lochin changalidan qo‘rqqan polaponlarday najot tilab 
qaqshar edilar. 
Televizorda esa mosh yutgan xo‘rozday bo‘lib olgan notiq kulimsiragan holda va’z 
aytardi: 
— Hamma janjal qulupnoydan chiqibdi... Odamlar ham nodon... 
OMONULLO 
Ishxonada televizor tomosha qilib o‘tirgan Omonullo bu gaplarga ishondi. Ikki kundan 
so‘ng u moskvalik tergovchilarga qo‘shilib fojia sodir bo‘lgan shaharga uchdi. U ketgach, 
so‘roviga javob keldi: «So‘rovingizga binoan shuni ma’lum qilamizki, Pavel Onopko 
(laqabi Koshak) qamoq lageridan qochishga uringanida 1989 yil 20 may kuni otib 
o‘ldirilgan». 
Uch oy davomida moskavaliklarga yordam bergan Omonullo ishxonaga qaytib bu 
javobni o‘qidiyu nimanidir sezganday bo‘ldi. Irkutskka borib kelishni iltimos qildi. Avval 
ijozat berishdi, keyin esa «ovora bo‘lmay ishni yopib qo‘ya qoling», degan maslahatda 
to‘xtashdi.  
Shu to‘xtamga kelingan kuni oqshomda prokuraturadan Mels Xo‘jaev qo‘ng‘iroq qilib 
«Aka, Irkutskka bormoqchi emishsiz, agar maslahatimga ko‘nsangiz — bormang. 
Sababini keyinroq bafurja gaplasharmiz», dedi. 
Bu orada Fotima Hindistondan qaytdi. 
Va’dagi binoan bahorga chiqib o‘g‘il tug‘ib berdi. 
Dissertatsiyasini himoya qilayotganda Omonullo beshikdagi o‘g‘lini so‘rg‘ichda 
ovqatlantirib o‘tirar edi. Boltaevaning o‘limiga oid ishni to‘xtatishdan voz kecholmagani 
uchun iste’foga chiqishga majbur bo‘lgan Omonullo uchun o‘g‘il boqib o‘tirish ulug‘ bir 
baxt bo‘lib tuyular edi... 
SO‘NG... 
Adolat Omonulloga qatnayverib, oxiri erining molini qo‘lga kiritdi. Omadini qarangki, 
yangi sov-xoz direktorini ham qo‘lga kiritishga erishdi — katta qizini unga qo‘shib qo‘ya 
qoldi. Toshbolta olib kelgan boylikning bir ulushi sovxoz direktoriga tegishli edi. Adolat 
shu boylikni olib ketish uchun uni uyiga taklif etdi. Yedirdi, ichirdi, so‘ng... 
Ichkarida yangi direktor huzurlanar... 
Bu yoqda Adolat quvnar, orzulardan tilla saroylar qurar... 
Ayvonda esa jon berayotgan Toshboltaning lablari bir tomchi suvga zor... 
VA NIHOYAT... 
O‘n yil ichida dunyo o‘zgarib ketdi. Ko‘p yurtlarni bosib yotgan qorong‘ulik chekindi, 
balo bulutlari tarqaganday bo‘ldi. Oftob charaqlagan kunlarning birida Omonulloni 
xizmatga qaytardilar. Uchinchi o‘g‘li tug‘ilganida u polkovnik darajasiga yetgan edi. 
Oftob nuridan gul ham, chaqir tikan ham bahramand bo‘lganiday, o‘pkasini sovuqqa 
oldirgan Tursun-ali ham uyiga barvaqt qaytdi. O‘zini tuhmat balosiga uchragan mazlum 
sifatida ko‘rsatib, hech bo‘lmaganda sovxoz direktorligini qaytarish ilinjida ko‘p urindi. 
Ammo urinishlari zoe ketdi. Yaxshiki, shogirdiga insof kirib, uni qanotiga oldi. Tursunali 
buni shohsupa sari bosilgan birinchi qadam deb o‘yladi. Ammo nafs yana o‘z ishini qildi: 
bir vagon ma’dan o‘g‘itlarini pullayotgan paytda qo‘lga tushdi-yu, o‘zi bilan birga 
shogirdini ham chohga tortdi. 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
170
Oqibatda: 
Adolatning qizi o‘ynashsiz qoldi... 
Matluba yana ersiz... 
Matlubaning birinchi kelinini uy ostonasiga olib chiqib «qaynotasiga salom...» 
deyishayotganda salom egasi Uchquduqdagi qamoq lagerida o‘z taqdirini la’natlab 
o‘tirardi.  
Nuriddin esa... 
Qo‘tosning saboqlari zoe ketdi. Uyiga qaytgach, Nuriddin ota kasbini qildi — odam 
o‘ldirgan qo‘llarning ketmon dastasiga ko‘nikishi qiyin bo‘lsa-da, baribir iziga qaytmadi. 
Bir kuni shomda g‘o‘zalarga suv tarayotgan damda shiypon yaqinida mashina to‘xtab, 
undan bashang kiyingan odam tushdi. Brigada boshlig‘i ham ketib bo‘lgan, dalada 
Nuriddin yolg‘iz edi. «Xo‘jayinlardan biri keldi», deb o‘ylab, shiyponga yaqinlashdi-yu, 
Tengizni ko‘rdi. U bilan qanday ko‘rishishni bilmay taraddudlanganida Tengiz quchoq 
ochdi:  
— Hamzat! Salomatmisan, birodarim! — deb quchoqlab oldi.  
Nuriddin «meni yana o‘g‘irlikka tortgani kelgan», degan fikrda, rad javobini qanday 
qilib aytishni bilmay o‘tirganida Tengizning o‘zi mushkulini oson qildi: 
— Seni olib ketgani kelganim yo‘q, qo‘rqma, — dedi u. — Sendan o‘g‘ri chiqmasligini 
bilardim. Seni u tomonlarda saqlab qolishning boshqa yo‘li yo‘q edi. Men yurtingdan 
ozroq qarz bo‘lib qolgan edim, to‘g‘rirog‘i, tovon to‘lashim kerak edi, shuni to‘lagani 
keldim. Ataganimni beramanu ketaman. Endi zamon bosh-qa, Hamzat, hayot ham 
boshqacha bo‘ladi. Sen bolalaringni o‘zingga o‘xshatib tarbiyalama. — Tengiz shunday 
deb mashinadan ixcham jomadon olib ochdi. Uning ichidagi pulu javohirni ko‘rib Nuriddin 
lol qoldi. Tengiz pullardan bir taxlamini olib Nuriddinga uzatdi: 
— To‘yingga kelolmadim, bu senga to‘yona. 
Nuriddin olmayman, deb chekingan edi, Tengiz pulni uning qo‘njiga solib qo‘ydi. 
— To‘yonadan qaytmaydi, ahmaq! Sendan bitta iltimosim bor: o‘g‘illaringdan birining 
ismini Hamzat deb qo‘y, maylimi? — U shunday deb jomadonni yop- di. — Bunisi 
yurtingga to‘laydigan tovon... 
Shunday deb ketdi... 
Nuriddin uni boshqa ko‘rmadi... 
Tengiz uning uchun shirin xotira bo‘lib qoldi... 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish