Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/184
Sana30.12.2021
Hajmi0,65 Mb.
#197533
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   184
Bog'liq
murdalar ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
131
Omonullo Adolatning so‘zlarini eslab «Rostmi?» deganday qarab turaverdi. 
— Keling, ichkari kiring, — Matluba shunday deb ayvon sari yo‘l boshladi. 
Omonullo liqillab turgan, ammo bitta odamni ko‘tarishga yaraydigan stulga omonat 
o‘tirdi. Ikkinchi stulni Matluba egallab, qaynonasi oldida mulzam bo‘lgan kelin kabi 
boshini quyi egib, barmoqlariga tikilib qoldi. Omonullo esa atrofga shoshqich razm solib 
«direktorning uyi obodroq bo‘lardi, mulkini musodara qilishganmi yo berkitib 
ulgurishganmi?» deb o‘ylab qo‘ydi. 
— Akamdan xat-xabar bormi, tinchmilar? — Omonullo o‘zining nima maqsadda 
kelganini bildirib qo‘yish uchun gapni shunday boshladi. Matluba esa «militsiya bekorga 
surishtirmaydi», degan xavotir bilan titroq ovozda: 
— Kimni so‘rayapsiz? — dedi. 
— Xo‘jayiningizni so‘rayapman, — dedi Omonullo yanada samimiy ohangda. 
— Xo‘jayinimning yana chala ishlari qolgan ekanmi? — Matluba shunday deb unga 
o‘g‘rincha qarab ol- di. — Qamasalaring ham tinch qo‘ymas ekansizlar- da, a? 
Omonullo Adolatning gaplarini eslab: 
— Mendan oldin ham so‘rab kelishuvdimi? Kim edi, qachon keldi, nimaga kelishdi? — 
deb so‘radi. 
Matluba unga yalt etib qaradi-da, «atay sinash uchun so‘rayapsizmi, rostdan 
bilmaysizmi?» degan savol muhrlangan nigohini unga qadadi. Matluba so‘nggi tintuvda 
«yuragim yorilib o‘lib qolsam kerak», deb o‘ylagan edi. Dastlab ko‘ringanda nafratini 
qo‘zg‘otgan Xursanali o‘shanda joniga oro kirgandi... 
... O‘shanda bolalari endigina uyquga yotishgan edi. Ko‘chada, ularning darvozalari 
yonida mashina to‘xtadi, ammo motori o‘chirilmadi — g‘irillab turaverdi. Jin-g‘iroq 
ishlamas edi, mashinadan tushgan odam darvozani qattiq taqillatdi. Matluba o‘rnidan 
turib tashqariga chiqishni ham, chiqmaslikni ham bilmay turganda tashqaridan 
«Matluba!» — degan ovoz keldi. Matluba ovoz egasini tanib, ham yengillik, ham xavotir 
bilan o‘rnidan turdi. Tashqarida sovuq izg‘irin ekanini unutib, egniga paltosini ilmay 
hovliga chiqdi. Besabr Sarvar esa yana darvozani taqillatib, bu safar «opa!» deb 
chaqirdi. U kamdan kam hollardagina «opa» derdi. Uning bu safargi lutfining sababi 
darvoza ochilgach bilindi: Sarvarning yonida Xursanali turardi. Begonaning huzurida 
«opa» deyishga majbur bo‘lganini Matluba tushundi. 
— Voy, tinchlikmi? — dedi u bir qadam ortga chekinib. 
— Tinchlik, — dedi Sarvar ichkariga qadam bo-sib. — Bolalaringni kiyintir. Faqat 
hovliqma, lekin tez bo‘l. Nima gapligini keyin aytaman. 
Sarvar Xursanali bilan ichkari kirdi-da, ayvon zinasiga yetganda opasidan «Podvalning 
chirog‘i bormi?» deb so‘radi. «Ha», degan javobni eshitgach, «Yoq!» deb buyurdi. 
Ayvon zinasining yon tomonidagi pastqam eshikni ochib, Sarvar, ketidan Xursanali 
yerto‘laga tushishdi. Ayvon ensiz bo‘lgani uchun to‘sinlarning beliga tirgak qo‘yilmagan 
edi. Bir oz egilgan holda katta uy yerto‘lasiga o‘tdilar: Xursanali olingan xabarda bayon 
qilingandek yettita ustun sanadi-da, o‘rtasidagisiga yaqinlashib, engashdi: 
— Shu yerda bo‘lishi kerak, — dedi batartib terilgan g‘ishtlar ustiga kaftini qo‘yib. — 
Tesha olib tushing, opangizni ham chaqiring, tushuntirib qo‘yay. 
Sarvar «xo‘p», deganicha shoshilib chiqdi-yu, dam o‘tmay kalta sopli eski teshani 
ko‘tarib qaytdi. Xavotirdanmi yo sovuqdanmi titrayotgan Matluba unga ergashib keldi. 
— Opaxon, xo‘jayiningiz u yoqda gullab qo‘yibdilar: shu ustun tagida xazina bormish. 
Matlubaning xayoli yorishib, «shu yerga ko‘milgan ekanmi, aytib ham ketmabdi-ya, u 
g‘alamis. Endi bularga yem bo‘ladimi?» degan fikr o‘tdi. Tili esa: 
— Xazinasini yer yutsin, — dedi. 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish