Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/184
Sana30.12.2021
Hajmi0,65 Mb.
#197533
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   184
Bog'liq
murdalar ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
132
— Xazina bo‘lsa, yer yutmasin, opa. Xazina bo‘lsa, odamlarning kuniga yarashi kerak. 
— Xursanali shunday deb gapirganicha ustunni dam yuqorisiga, dam pastiga urib-urib 
siljitdi-da, so‘ng g‘ishtlarni asta ko‘chirdi. Keyin ikki qarichcha qalinlikdagi tuproqni 
teshada tatalab chiqardi. Teshaning uchi taxtaga tekkach, tuproqni kaftlari bilan sidirdi. 
Hali chirishga ulgurmagan taxtaqopqoq tutqichidan ushlab ko‘tardi. Ke-yin yana bir 
qarich qalinlikdagi tuproqni oldi. Ikkinchi yog‘och qopqoqni ham ko‘targach, bir jomadon 
bemalol sig‘adigan o‘ra ko‘rindi. Nomi xazina bo‘lgan bu o‘ra bo‘mbo‘sh edi. 
— Akaxonga besh ketdim: aldabdi, — dedi Xursan-ali qaddini ko‘tarib. — Bir-ikkita 
xarif xazinaning isini olib, pochchakamizning kekirdaklariga chang solgan ekan, shu 
yerda, deb gullabdi u ahmoq. Ahmoq deganimga xafa bo‘lmang, opaxon, bugun-erta 
xazina bor bu yerda, deb laqillab kelib qolishadi. 
— Kim? 
— Kimligini Xudo biladi. Lekin kelishlari aniq. Agarda bu yerda hech narsa topilmasa, 
avval sizlarga qiyin bo‘ladi. Akaxon esa, chiqqan joylariga kirib ketaveradilar. 
— Quribgina ketsin, shu boyligiyam! O‘lar bo‘lsam o‘lib bo‘ldim! — dedi Matluba 
yig‘lab. 
— To‘xtang, opaxon, o‘lmay turing. Avval bu ishlarni bir yoqlik qilib olaylik. Hozir 
hammamiz ketamiz. Bolalaringizni ukangiznikiga tashlab, ertalab qaytib kelasiz. Sarvar 
ham bir-ikki kun siz bilan shu yerda turadi. Biz ham shu atrofda bo‘lamiz. Ishni bexit 
qilish kerak. Mabodo ishkal chiqsa, o‘zimiz tinchitamiz. Opaxon, mana bu suratga qarab, 
yaxshilab tanib oling bu ta’viyani, — Xursanali ichki yon cho‘ntagidan surat chiqarib 
ko‘rsatdi. — Chap oyog‘i kaltaroq bu odamning. So‘rashsa, eng avvalo cho‘loqligini 
aytasiz. Chap qulog‘ining yarmi yo‘q, burni pachoq. Gapirganda pishillaydi. Nima 
deganini o‘risi ham, chulchiti ham tushunmaydi. Panjalari katta-katta, menikiga ikkita 
keladi. Xullas, bir kuni kechqurun shu cho‘loq badbashara bostirib kirgan. Yonida bir 
malla xotin ham bo‘lgan. Pichoq chiqarib, do‘q urgan. Sizni bolalaringiz bilan birga uyga 
qamashgan. Podvalda bir nimalarning taqillaganini eshitgansiz. Ular indamay ketishgan. 
Siz podvalga tushishga qo‘rqasiz o‘shandan buyon. Shularni aytsangiz bas. 
— Kim o‘zi bu? — dedi Matluba titroq ovozda. 
— Ko‘nglingiz aynisa ham bu taviyaga yaxshilab to‘yib oling. Uch-to‘rtta suratga 
aralashtirib ko‘rsatishlari mumkin. Tanib olishingiz shart. Adashmang. Bu odam 
xo‘jayiningiz bilan zekvagon
24
da birga bo‘lgan. Zonaga borganda qochgan. Bu 
tomonlarga kelib ishkal chiqaruvdi, o‘zimiz tinchitib qo‘ya qoldik. Xitlar buni bilishmaydi, 
qidirib yurishibdi hali ham. Xazinani shu olgan, desak, siz ham tinchsiz, u yoqda 
akaxonga ham chivin qo‘nmaydi. Biz sizni himoya qilamiz, deb shartlashganmizmi, 
demak, sizni birovning chertishga ham haqqi yo‘q, — Xursanali cho‘ntagidan tanga 
chiqarib kaftiga qo‘ydi. Matluba buni avval besh tiyinlik deb o‘yladi. Sinchiklab qaragan 
edi, Nikolay podshoning tilla tangasini ko‘rdi. 
— Toza tilla, — dedi Xursanali izoh berib. — Siz uchun qurbon qilamiz. 
Tanga o‘ra ostiga terilgan pishgan g‘isht ustiga tushib, jiringladi, xira chiroq nurida 
ojiz tovlandi. So‘ng ustiga bir sidra tuproq tashlanib, qopqoqlar avvalgisiday qilib 
berkitildi. 
— Opaxon, siz chiqib bolalaringizni kiyintiravering. — Xursanali shunday degach 
tuproqni tortib, oyoqlari bilan shibbaladi, g‘ishtlarni batartib terdi, ustunni joyiga 
o‘rnatdi. 
Ular kutgan mehmonlar uzoq kuttirishmadi — ertasigayoq kelishdi. Lager 
teletaypining tezligi shu o‘rinda ish berdi. Kelganlar o‘zlarini «SSSR 
                               
24
 Mahbuslarni tashuvchi qamoq vagoni. 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish