Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/184
Sana30.12.2021
Hajmi0,65 Mb.
#197533
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   184
Bog'liq
murdalar ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
70
— O‘tgan kuni fotoapparatni sozlayman, deb yiqilib tushdim. Falokatni qarang-a! 
Omonullo deraza tokchasidagi teleob’ektivli foto-apparatga nazar tashlab qo‘ydi. Buni 
sezgan Abduqayum: 
— Bu mening ovunchog‘im, — deb izoh berdi. So‘ng mehmondan nigohini uzmagan 
tarzda: — kelishingizni bilardim, — dedi. 
— Qiziq... qanday bila qoldingiz? Folbinlik ham qo‘ldan keladimi? 
— Yo‘-o‘q, — Abduqayum yana kuldi. — Bunaqa gunoh ishlardan Xudo asrasin. Diqqat 
qiling-a, atrofimizda sodir bo‘layotgan yoki endi bo‘luvchi har bir voqea bir-biri bilan 
mantiqan bog‘langan. Biz faqat bunga e’tiborsiz yuramiz. Mantiqan bog‘lanuvchi voqeani 
biz ko‘pincha tasodif deb bilamiz. Sizning bu uyga kirishingiz tasodifmi yoki mantiqan 
bog‘langan voqealar zanjirining bir halqasimi? Yoki: siz tekshirayotgan qotillik tasodifmi 
yoki bir umrning mantiqiy yakunimi? Siz bilan men uchun bu fojia kutilmagan tuyuladi. 
Aslida-chi? Olloh hamma narsani mantiq iplari bilan bog‘lab tashlagan. 
Omonullo bu gaplarni eshitib lol qoldi. «Gavdaning o‘rniga quloq bergan, deydi. Quloq 
emas, aql bergan ekan-ku», deb o‘ylab, uning gaplarini jimgina tinglayverdi. 
Abduqayum esa jiddiylashib borayotganini anglab, shirin jilmaydi: 
— Mana, qarang, ajal tig‘i ikki kishini o‘t o‘rganday oldi-ketdi. Kasallik bilan jon 
berishsa birovning, ayniqsa, sizning ishingiz bo‘lmas edi. Ular o‘ldirilibdi. Aslida ularning 
rizqi tugagan. Olloh ularning jonini alohida, alohida, biron xastalik bilan olinishini ixtiyor 
etishi mumkin edi. Yo‘q, Yaratganning xohishi aynan shu bo‘ldi. Balki ular shunga 
yarasha gunoh qilgandirlar. Balki Robbimiz ularning bu holatini boshqalarga o‘rnak qilib 
ko‘rsatmoqchi bo‘lgandir. Buni bilmaymiz. Bilganimiz — zulm sodir bo‘ldi. Zulm bo‘lgach, 
militsiya keladi. Militsiya kelgach, albatta, qo‘shnilar bilan gaplashadi. Qo‘shnilar kim? 
Albatta, hamma narsadan xabardor bo‘lishni istaydigan mening mehribon opoqilarim. 
Ular esa, bilgan-bilmaganlarni qalashtirib aytib tashlashgach, oxirida mening ismimni 
tilga olishadi. «Bilsa shu bola biladi», deyishadi. Opoqilarim tushmagurlar meni ko‘chani 
kuzatishdan boshqa tashvishi yo‘q, deb o‘ylashadi. Bozor-pozorga tushib chiqishgandan 
so‘ng «Biznikiga hech kim kelmadimi?» deb so‘raydigan odatlari bor. Militsiyaga ham 
menga o‘xshagan odam kerak. To‘g‘rimi? Ana endi siz «uch kun oldin begona odam 
ko‘rinmadimi?» deb so‘raysiz. 
Omonullo «Hozirgi yoshlar urdi-surdi kinolarni ko‘raverib, kitoblarni o‘qiyverib, 
hammalari izquvar bo‘lib ketishgan», deb o‘ylab, jilmayib qo‘ydi. 
— Ha, so‘ramaysizmi? — dedi Abduqayum uning jim turganidan ajablanib. 
— So‘ramasam-chi? — dedi Omonullo kulimsiragan holda. 
— Unda mantiq zanjiri uziladi: so‘ramasangiz bu uyga kirmas edingiz. Siz mening 
qoshu ko‘zimni ko‘rgani kirmagansiz, to‘g‘rimi? 
— To‘g‘ri. Lekin men sizdan boshqa narsani so‘rayman: uch kun oldin pastdan 
shovqin eshitilmadimi? 
— Qanaqa shovqin? 
— Masalan, erkak-ayolning janjalimi... 
— Yo‘q. 
— Avvalroq-chi? 
— Avval?.. Yo‘q. Qotillik er-xotinning janjali oqibati desangiz yanglishasiz. U yer sokin 
xonadon edi. 
— Lekin begona odamlar kelib turishgan ekan? 
— Siznikiga kelishmaydimi? Mantiqning ildizi qaerda? Gap begonalarning kelishida 
emas, qanday maqsadda kelishida! 
— Aytaylik... maqsad fahsh bo‘lsin. 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish