Pirolyuzit – MnO2. Tarkibida – Mn – 63,2 % bo‘ladi. Tetragonal singoniyali, yashirin kristallangan, kukunsimon, qurumsimon, buyraksimon agregatlar ko‘rinishida uchraydi. Rangi qora, u metallarga xos ko‘kimtir tusda tovlanadi. Pirolyuzitning qattiqligi – 5–6, solishtirma og‘irligi – 4,7–5,0. U HCl da eriydi va xlor ajralib chiqadi. Pirolyuzit nurash jarayonidan hosil bo‘ladi.
Uraninit – UO2. Mineral nomi tarkibiga qarab berilgan. Uraninit kubik singoniyali oktaedr va rombik dodekaedr qiyofalarda bo‘ladi hamda buyraksimon, oqiq shakllarda uchratish mumkin. Uning rangi qora, ba’zan rangsiz binafsha holda tovlanadi va yarim metall kabi yaltiraydi, odatda smolaga o‘xshash qora. Qattiqligi – 5–6, solishtirma og‘irligi – 10–10,6. U kuchli radioaktiv metall. Uraninitning yirik uyumlari ishqorli va nordon jinslarning pegmatitlarida aniqlangan.
Uraninitning konlari gidrotermal jarayonlarda paydo bo‘ladi. Bulardan tashqari ekzogen sharoitlarda hosil bo‘lgan yirik konlarini uchratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |