Kassiterit – SnO2. Yunoncha «kassiteris» – qalayi degani. Tarkibida – Sn – 78,8 %, aralashma holda Nb, Ta, Ti uchraydi. U tetragonal singoniyali. Kassiterit kristallari keng tarqalgan. Ular mayda; ba’zan 10 sm gacha yiriklarini uchratish mumkin. Uning rangi – to‘q-qo‘ng‘ir, ba’zan qora smolaga o‘xshash. U olmos kabi yaltiraydi. Qattiqligi – 6–7, solishtirma og‘irligi – 6,8–7,0, mo‘rt mineral. Kassiterit genetik jihatdan nordon intruziv jinslar bilan uzviy bog‘liq. Kassiterit kontaktmetasomatik sulfid konlarida paydo bo‘ladi. Bundan tashqari gidrotermal sharoitda kvars-kassiterit va sulfid-kassiterit formatsiyali yirik konlarini hosil qiladi. Kassiterit ma’danlari qalayi olinadigan birdanbir xomashyo hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |