Galoid birikmalar sinfiga ftoridlar va xloridlar, bromidlar kiradi. Bularning ko‘pchiligi ion bog‘lanishli birikmalar hosil qilib, kimyoviy nuqtai nazardan qaraganda HF, HCl, HBr va HJ kislotalarining tuzlaridan iborat. Bu guruhga mansub minerallar: ftoridlar – flyuorit – CaF2, xloridlar – galit – NaCl, silvin –KCL, kerargirit – AgCL va karnallit – MgCl KCL 6H2O
Oksidlar sinfi. Kislorod bilan 40 ga yaqin elementlar turli xil birikmalar hosil qiladi. Yer po‘stidagi oksidlarning umumiy og‘irligi 17 % ni tashkil etadi. Bundan 12,0 % kremnezyom oksidi, 3,9 % temir oksidi va gidrooksidi va qolgan qismida aluminiy, marganets, titan va xrom oksidlari va gidrooksidlari tashkil qiladi. Bu guruhga kiradigan minerallar «sodda va murakkab oksidlar» va «gidrooksidlar» deyiladi. Tabiatda keng tarqalganlariga: kuprit – CuO, korund – Al2O3, gematit – Fe2O3, ilmenit – FeTiO3, magnetit – FeO Fe2O3, shpinel – MgAl2O4, xrizoberill – BeAl2O4, rutil – TiO2, kassiterit – SnO2, pirolyuzit – MnO2, uranit, kvars – SiO2 va boshqalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |