Sof tug‘ma elementlar sinfi. Bu elementlar soni 30 dan ortiq. Ko‘pchilik qismini metallar tashkil etadi. Sof elementlarning yer qobig‘idagi miqdori – 0,1 %.
Metall xillariga oltin, kumush, mis, platina va nometall turlariga oltingugurt, grafit, olmos kiradi.
Sulfidlar va sulfotuzlar sinfi. Bu guruhga kiruvchi 40 dan ortiq metallar oltingugurt, selen, tellur, margimush va surmalar bilan birikmalar hosil qilib, og‘irlik miqdori Yer qobig‘ining 0,15 % ga teng. Bu guruhga oid minerallarning eng muhimlari: xalkozin – CuS2, argentit –Ag2S, galenit – PbS, sfalerit – ZnS, grinokit – CdS, kinovar – HgS, nikelin – NiS, pentlandit – (Fe, Ni)9S8, xalkopirit – CuFeS2, auripigment – As2S2, realgar –AsS, antimonit–Sb2S3, vismutin – Bi2S3, molibdenit – MoS2, pirit – FeS2, kobaltin–SoAsS, arsenopirit – FeAsS va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |