Microsoft Word Mineral va petro lat doc


§. Petrografiyaning tekshirish usullari



Download 4,27 Mb.
bet124/181
Sana31.07.2021
Hajmi4,27 Mb.
#133552
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   181
Bog'liq
2 5373003022144112772ker

53§. Petrografiyaning tekshirish usullari


Tog‘ jinslari xilma-xil va murakkab bo‘lganligi uchun ularning xususiyati va tarkibi har xildir. Binobarin, bu tog‘ jinslarini tekshirish usullari ham turlichadir. Lekin tog‘ jinslarining barcha tekshirish usullarini 3 ta yirik guruhga bo‘lish mumkin.



  1. Optik usullar. Mazkur guruh kristallooptika, immersiya, Fedorov stolchasi bilan tekshirish usullarini o‘z ichiga oladi. Bu usullar minerallarning optika xususiyatlarini maxsus optika asboblari va xususan, polyarizatsion mikroskop bilan tekshirishga asoslangan.

  2. Kimyoviy va fizik-kimyoviy usullar. Bu usullar tog‘ jinslari va ularni tashkil etgan ayrim minerallarning tarkibini mukammal o‘rganish va ularning vujudga kelishini fizik-kimyoviy qonunlar nuqtai nazaridan talqin etishga asoslangan. Bu usullar ichida petrokimyo usuli ayniqsa yuksak darajada taraqqiy etgan.

Keyingi yillarda minerallarning spektral, rentgen-spektral hamda radiometrik tahlillar yordamida keng o‘rganilishi natijasida yangi tekshirish usuli – mineralogik-geokimyoviy tadqiqot usuli vujudga keldi.

Petrokimyoviy tadqiqotlarda odatda jins hosil qiluvchi elementlarning taqsimlanishi hisobga olinsa, mineralogik geokimyoviy tadqiqotlarda tog‘ jinslarida juda tarqoq holda bo‘lgan va oz miqdorda (1 %dan ham kam) uchraydigan aksessor elementlarga e’tibor beriladi.

Petrografiyaning fizik-geokimyoviy tadqiqot usullari orasida eksperiment, ya’ni fizik-kimyoviy tajriba ishlari alohida o‘rin tutadi. Olimlar katta bosim ostida va yuqori haroratda tajriba o‘tkazib, sun’iy yo‘llar bilan turli minerallar va tog‘ jinslarining birikmasini hosil qiladilar. Undan tashqari, metallurgiya kabi sanoat tarmog‘ining mahsulotlari (shlaklar) ham ba’zi tog‘ jinslariga o‘xshash bo‘lib, aniq fizik-kimyoviy sharoitlarda vujudga keladi.

Bu ishlarning barchasi tog‘ jinslarining paydo bo‘lishini (genezisini) aniqlashda yordam beradi. Geologlarning tog‘ jinslariga o‘xshash suniy mahsulotlarini o‘rganuvchi yangi sohasi petrurgiya deb ataladi.

Bulardan tashqari, termik tahlil va bo‘yash usullaridan ham foydalaniladi. Bu usullar turli gil va ohakli (karbonat) minerallar va ulardan tuzilgan cho‘kindi tog‘ jinslarini tekshirishda katta ahamiyatga ega.

3. Dalada o‘tkaziladigan tadqiqotlar. Bu usulda tog‘ jinslarining ma’lum maydonda tarqalishi, ularning tabiatda tutgan o‘rni, shakli va bir-biriga bo‘lgan munosabati aniqlanadi.

Dalada o‘tkaziladigan tadqiqotlar kesmalar hamda turli tog‘ jinslarining diqqata sazovor qismlari maxsus xaritalarini tuzish, fotosuratlar olish yoki rasmini chizish bilan qayd etiladi.





Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish