Sheelit – CaWO4. Shved kimyogari K.V.Sheell nomi bilan atalgan. Tarkibi: CaO – 19,4 %, WO3 – 80,6 %, aralashma holida MoO3 – 10 %gacha, CuO – 7 % uchraydi. U trigonal singoniyali, tetragonal prizmali, yassi tabletkasimon ko‘rinishda bo‘ladi. Ma’danlarda noto‘g‘ri shaklli donalar, ba’zan yaxlit massalar holida topiladi. U rangsiz, sariq, yashil-sariq, qo‘ng‘ir, kul rang, yog‘langandek tuyuladi va olmosdek yaltiraydi. Qattiqligi – 4,5; solishtirma og‘irligi – 6,2; mo‘rt, notekis yuzalar hosil qilib sinadi.
Sheelitning yirik konlari kontakt – metasomatik (skarn) sharoitda paydo bo‘ladi. Bunday konlar nordon intruziv (granit, granodiorit) jinslarning karbonatlar bilan tutashgan joylarida yuzaga keladi.
Volframatlar volfram elementi uchun muhim xomashyo hisoblanadi.
Ushbu guruh minerallari fosfor, margimush va vanadiylarning tuzlari bo‘lib, tabiatda kam tarqalgan. Ularni hosil qiluvchi kationlar – Al, Fe, Mn, Ca, Zn, Cu va Pb. Fosfatlar, arsenatlar va vanadat minerallarining ichki tuzilishini tashkil qilishda quyidagi tetraedrlar radikali [PO4]3, [AsO4]3 va [VO4]3 muhim hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |