Angidrit – CaSO4. Tarkibi – SaO – 41,2 %, SO3 – 58,8 %. Qalin tabletkasimon yoki prizmatik. Tabiatda yaxlit donador massalar, ba’zan nayzasimon holida uchraydi. Uning rangi oq, havo rang, kul rang, qizg‘ish tusda bo‘ladi. Ba’zan rangsiz shaffof xillari mavjud, shishadek yaltiraydi, ulanish tekisligi mukammal, qattiqligi – 3,5, solishtirma og‘irligi – 3,0. Namgarchilik ko‘p joylarda angidrit gipsga aylanadi. Natijada hajmi 30 %gacha kengayadi. Angidritning katta uyumlari cho‘kindi tog‘ jinslari oralarida qatlam-qatlam bo‘lib joylashadi. U tuz konlarining asosiy minerallaridandir, dengiz va ko‘llarda harorat 42 °C dan yuqori bo‘lganda kristallanadi. U galit, silvin, karnallit va boshqalar bilan qavat-qavat qog‘ozdek yupqa qatlamchalar tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |