6841-§. Bo‘lakli cho‘kindi jinslar
Cho‘kindi tog‘ jinslarining ichida bo‘lakli xillari eng ko‘p tarqalgan. Ular yana «mexanik jinslar» deb ham yuritiladi. Bunday jinslar jins yoki mineral bo‘laklaridan iborat bo‘lgan bo‘shoq yoki sementlashgan mexanik cho‘kindilar hisoblanadi. Bularning tasnifi bo‘laklarning katta-kichikligiga asoslangan. Shunga ko‘ra bo‘lakli jinslarning quyidagi xillari ajratilgan:
yirik bo‘lakli jinslar yoki psefitlar (yunoncha «psefos» – toshcha).
Bo‘laklar kattaligi 2 mm dan katta: xarsangtosh, yumaloq bo‘lak, shag‘al va boshqalar;
o‘rta bo‘lakli jinslar yoki psammitlar (yunoncha «psammos» – qum) – 0,1–2 mm gacha turli qumlar va qumtoshlar;
mayda bo‘lakli jinslar yoki alevritlar va alevrolitlar (yunoncha «alevron» – un) – 0,01 dan 0,1 mm gacha lyoss, lyossimon suglinkalar (qumoqlar);
juda mayda dispers holidagi gill jinslar yoki pelitlar (yunoncha «pales» – gill) – 0,1 mm dan kichik turli gillar.
Do'stlaringiz bilan baham: |