Microsoft Word Mineral va petro lat doc



Download 4,27 Mb.
bet155/181
Sana31.07.2021
Hajmi4,27 Mb.
#133552
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   181
Bog'liq
2 5373003022144112772ker

Kremniyli jinslar


Kimyoviy va organik yo‘l bilan hosil bo‘lgan kremniyli jinslar deyarli ko‘p tarqalgan. Bunday jinslarga radiolyaritlar, diatomitlar, trepel, opokalar va yashmalar taalluqlidir. Bulardan radiolyaritlar va diatomitlar organik yo‘l bilan hosil bo‘ladi.



Radiolyaritlar – bo‘sh sementlashgan kremniyli jinslar bo‘lib, rangi sarg‘ish-kul rang yoki qizil bo‘ladi. 50 %dan ko‘prog‘i radiolyariy skeletidan iborat. Radiolyaritlar bir xujayrali mikroorganizm bo‘lib skeleti kremniyli (opalli) bo‘ladi.

Diatomitlar – sementlashgan yoki bo‘shoq kremniyli jins hisoblanib diatomli suvo‘tlaridan tarkib topadi. Diatomitlarda shuningdek radiolyariy va gubkalar ignalari bo‘ladi (46-rasm). Diatomitlarda gil moddasi, kvars va glaukonit donalari uchraydi.



46-rasm. Diatomitning mikroskop ostida ko‘rinishi.

Diatomit g‘ovakli, yumshoq, yengil, tilga yopishadigan jins bo‘lib, rangi oq yoki och sariq. Qattiqligi 1,9–2,2 ga teng.

Diatomitlar odatda dengiz va ko‘l tublarida yig‘ilib, goho katta qalinlikdagi uyumlarni hosil qiladi.

Trepel – diatomitga juda o‘xshash jins. Ammo trepel organik qoldiqlardan emas, balki opal va kremniyning mayda (0,01–0,001 mm) zarralaridan tashkil topadi.

Tashqi ko‘rinishi bo‘shoq, g‘ovakli. Upasimon jins, ammo zich xillari ham bo‘ladi. Rangi oq, sariq, qo‘ng‘irdan to qoragacha bo‘ladi. Serg‘ovak bo‘lgani uchun filtr sifatida, issiqlik va tovush o‘tkazmaydigan mahsulot bo‘lib ishlatiladi.



Opokalar – trepelga juda o‘xshash opalsimon g‘ovakli jinsdir. Trepeldan qattiqligi bilan farqlanadi.

Yashmalar – zich, toza bo‘lmagan xalsedonli jinslardir. Ko‘p qismi qo‘shimchalar va bo‘yovchi moddalardan iborat.

Rangi turlicha. Dunyodagi eng qimmatboho yashmalar Rossiyaning Ural va Oltoy o‘lkasida topilgan. Yashma bezash materiali hisoblanadi.

Kremniyli cho‘kindi jinslarga geyzeritlar va boshqa kremniy tuflari ham mansubdir. Ular geyzerlar va issiq buloqlardan hosil bo‘ladi.



Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish