Microsoft Word Mineral va petro lat doc


-§. Cho‘kindi tog‘ jinslari



Download 4,27 Mb.
bet143/181
Sana31.07.2021
Hajmi4,27 Mb.
#133552
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   181
Bog'liq
2 5373003022144112772ker

6437-§. Cho‘kindi tog‘ jinslari


Cho‘kindi tog‘ jinslari turli tog‘ jinslari nurash maxsulotlarining qayta to‘planishi, organizmlar qoldiqlari hamda suvda mexanik va kimyoviy cho‘kma cho‘kishidan hosil bo‘ladi. Cho‘kindi jinslarning paydo bo‘lishi yer yuzasida va gidrosferada sodir bo‘ladigan jarayonlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Cho‘kindi jinslar yer yuzasining 75 foizni tashkil etadi.

Quyoshning issiqligi, joyning iqlim sharoiti, erdagi oson eruvchi tuzlar hamda o‘simlik va hayvonot dunyosi cho‘kindi jinslarning hosil bo‘lishida muhim omillardan hisoblanadi.

Kecha va kunduz haroratining keskin o‘zgarishi va turli kimyoviy jarayonlar natijasida tog‘ jinslari darz ketib tarkibiy qismlarga ajraladi va keyinchalik sodir bo‘ladigan turli fizik-kimyoviy jarayonlar tufayli yangi minerallar va tog‘ jinslari tarkib topadi. Ko‘l, dengiz va okean tublarida erkin kislorod bo‘lmagan sharoitda organik dunyo ta’sirida mexanik va kimyoviy cho‘kindilar to‘planadi. Ularning tog‘ jinsiga aylanishi uchun diagenez (zichlashish va sementlashish) jarayonini o‘z boshidan kechirishi kerak.

Cho‘kindi jinslarni litologiya fani o‘rganadi. Litologiyaning vazifasi cho‘kindi jinslarning tarkibini, tuzilishi xossalarini, hosil bo‘lishi sharoitlari va keyinchalik o‘zgarish jarayonlarini tahlil qilish hamda ularning tasnifi bilan shug‘ullanish hisoblanadi.

Cho‘kindi jinslarni o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Ularning ko‘pchiligi qimmatli qazilma boylik hisoblanadi. Masalan: torf, ko‘mir, yonuvchi slanetslar, aluminiy, temir, marganets ma’danlari, fosforitlar, turli tuzlar, gillar, ohaktosh va hokazo shular jumlasidandir. Ba’zi bir cho‘kindi jinslar bilan oltin, platina, qalayi va boshqa ma’danlarning sochma konlari bog‘liqdir. Bundan tashqari cho‘kindi jinslarni gidrogeologiya va injenerlik geologiyasiga oid tadqiqotlarda o‘rganish muhimdir. Chunki bularda yerosti suvlarining asosiy qismi joylashadi.

Cho‘kindi jinslar hosil bo‘lishi sharoitiga ko‘ra to‘rt guruhga bo‘linadi: 1. bo‘lakli jinslar (mexanik); 2. kimyoviy (xemogen) jinslar; 3. organik (organogen) jinslar; 4. aralash jinslar.

Bo‘lakli jinslar mexanik cho‘kindilardan hosil bo‘ladi. Bularga shag‘al, qum, gillar kiradi.

Kimyoviy jinslar asl yoki kolloid eritmalarning kimyoviy cho‘kindilaridan tarkib topadi.

Eritmalardan cho‘kindilar cho‘kishi eritmadagi erigan tuzlar konsentratsiyasi va eritma haroratiga bog‘liq bo‘ladi.

Kimyoviy cho‘kindilarga: galit, kaliy tuzlari, ba’zi bir ohaktoshlar, dolomit, boksitlar, kremniyli jinslar kiradi.

Organik jinslar organizmlarning qoldiqlaridan hosil bo‘ladi. Ular ikkiga bo‘linadi.: fitogen jinslar (o‘simliklardan hosil bo‘ladi) va zoogen jinslar (hayvon qoldiqlaridan tarkib topadi).

Organik jinslarga chig‘anoqli ohaktosh, diatomit va kaustobiolitlarni (ko‘mir, neft) misol keltirish mumkin.

Aralash jinslar. Mineral moddalarning cho‘kishida ba’zan mikroorganizmlar ishtirok etadi. Bunday yo‘l bilan hosil bo‘lgan jinslar «aralash yoki biokimyoviy jinslar» deyiladi. Ularga mergel, trepel, opoka, yashma, bo‘r kabi jinslar kiradi.





Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish