www.ziyouz.com kutubxonasi
115
— Siz bilan u o‘zini yengil his etardi.
— Ha, yildan-yilga biz birga o‘tirib, suhbatlashar edik. U suhbatlashishni yaxshi ko‘rardi. Tosh
kulbamizni va kaminimizni yaxshi ko‘rardi. Shahardagi haqiqiy uyimizga borib joylashsak ham bo‘lardi.
Biroq u bu yerni jonidan yaxshi ko‘rardi, bu yerda u goh jo‘n, goh zamonaviy tarzda hayot kechirishi
mumkin bo‘lardi. U menga o‘zining laboratoriyasi va u yerda qilgan har xil narsalari to‘g‘risida so‘zlab
berardi. Bu tashlandiq Amerika shahrini u boshdan-oyoq pastdan ovoz kuchaytirgich bilan ta’minlab
chiqqandi. Tugmachani bosdi, tamom — hamma joyda chiroqlar yonadi va xuddi unda o‘n ming odam
bordek shahar shovqinga to‘lib-toshadi. Samolyotlar, avtomashinalarning guvillashlari, odamlarning
g‘ovur-g‘uvurlari eshitiladi. U bo‘lsa o‘tirib olardi-da, sigara tortardi va biz bilan gaplashaverardi,
pastdan esa shahar shovqini eshitilib turardi. Goho telefon jiringlab qolardi va tasmaga yozib olingan
ovoz mister Xeteueydan turli ilmiy va jarrohlik masalalari bo‘yicha maslahat so‘rardi, u javob
qaytarardi. Telefon ovozlari ham, biz ham, shahar shovqini ham, sigara ham — mister Xeteuey ham
g‘oyatda baxtli his qilardik o‘zimizni. Uning qo‘lidan faqat birgina narsa kelmasdi — bizni keksaytira
ololmasdi. O’zi kun sayin qarib borardi, biz esa o‘sha-o‘sha yosh bo‘lib turaverardik. Ammo menga
shunday tuyulardiki, bu uni unchalik bezovta qilmasdi. Hattoki o‘zi shuni xohlardi deb o‘ylardim men.
— Biz uni pastda to‘rtta xoch turgan joydagi qabrga dafn etamiz. Menimcha, bu uning xohishiga
javob beradi.
Ayol asta uning panjasiga qo‘l tekkizib qo‘ydi.
— Mening bunga ishonchim komil.
Kapitan ishga kirishib ketdi. Kichkina marosim tepalik etagi tomon yurib ketdi; oila uning ortidan
yo‘lga tushdi. Ikki odam Xeteueyni usti yopilgan zambilda ko‘tarib ketdi. Ular tosh kulba yonidan
o‘tishdi, so‘ng Xeteuey ko‘p yillar muqaddam o‘z ishini boshlagan saroy yonidan yurib o‘tishdi. Uaylder
shu ustaxona eshigi yonida bir oz taraddudlandi. Bu sayyorada xotini va uchala farzandi bilan
yashasa-da, — birdaniga seni shamol va jimjitlik bilan tanho qoldirib, ular o‘lib ketishsa, shu ham ish
bo‘ldimi? — deb so‘radi u o‘zidan, — bunday ahvolda inson nima qilishi kerak bo‘ladi? U o‘lganlarni
qabrga joylashtiradi, xoch qo‘yadi, so‘ng aql va xotira kuchini, qo‘lining chaqqonligini va topqirlikni
yordamga chaqirib, ustaxonaga keladi-da, keyinchalik uning xotini, o‘g‘li, qizlari bo‘lgan narsani
zarrama-zarra to‘play boshlaydi. Tog‘ tagidan barcha zarur narsalarni topish mumkin bo‘lgan Amerika
shahri bo‘lganda, aqli raso odam, har qalay, o‘zi xohlagan narsani yarata oladi-da.
Ularning qadam tovushlarini qum yutib yubormoqda edi. Ular kelganida qabristonda ikki odam
allaqachon qabrni kavlab bo‘layozgan edi.
Ular oqshomga yaqin raketa oldiga qaytib kelishdi.
Uilyamson boshini irg‘ab tosh kulbaga ishora qildi.
— Ularni nima qilamiz?
— Bilmadim, — dedi kapitan.
— Balki, ularni o‘chirib qo‘yarsiz.
— O’chirib? — kapitan bir oz taajjublandi. — Bu mening xayolimga ham kelmagan edi.
— Axir siz ularni o‘zingiz bilan olib ketolmaysiz-ku?
— Yo‘q, ularni boshimga uramanmi?
— Nahotki siz ularni shu yerda, qanday bo‘lsa shundayligicha qoldirmoqchi bo‘lsangiz?
Kapitan Uilyamson to‘pponchani uzatdi.
— Agar biror narsa qo‘lingizdan kelsa, siz mendan kuchliroqsiz.
Besh daqiqadan so‘ng Uilyamson boshdan-oyoq terga botgancha kulbadan qaytib keldi.
— Mang, oling to‘pponchangizni. Endi men sizni tushundim. Men ularning oldiga qo‘limda
to‘pponcha bilan kirib bordim, qizlardan biri menga jilmaydi. Qolganlari ham. Xotini menga choy tutdi.
Ey xudo, bu borib turgan qotillik bo‘lar edi-ku!
Uaylder bosh irg‘adi.
— Inson bunday mukammal narsani boshqa hech qachon yarata olmaydi. Ular uzoq umr ko‘rish
uchun yaratilgan. — O’n, ellik, ikki yuz yil. Ana shunaqa... Ularning yashashga... yashashga bizdan
Marsga hujum (roman). Rey Bredberi
Do'stlaringiz bilan baham: |