www.ziyouz.com kutubxonasi
116
haqlari zig‘ircha kam emas. Mendan ham, har birimizdan ham. — U trubkasidan kulni qoqib tushirdi.
— Mayli, bortga chiqinglar. Parvozda davom etamiz. Bu shahar baribir halok bo‘lgan, u biz uchun
yaroqsiz.
Quyosh botdi. Muzdek shamol esdi. Butun ekipaj bortga chiqib olgan edi. Kapitan imillardi.
Uilyamson so‘radi:
— Siz tushib ketishga... e-e, ular bilan xayrlashishga shoshilmayapsizmi? Kapitan Uilyamsonga
sovuq qarab qo‘ydi.
— Bu mening ishim.
Uaylder oqshom shamoliga yuzma-yuz tog‘ tomon odimlab ketdi. Fazogirlar uning qorasi kulba
devori ichida g‘oyib bo‘lganini ko‘rib turishardi. Ular ayol soyasini ham ko‘rishdi. Ular komandirning
ayol qo‘lini siqib qo‘yganini ham ko‘rishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |