www.ziyouz.com кутубхонаси
156
sochsin deb tutunlarim-dan dimog‘im charog‘ tokchasiday qoraydi. Kundo‘zi ovqat
yemadim, tunlari uyqum qochdi, qalbim yonishidan jigarimda suv qolmadi. Ko‘nglimga
dedimki, ey vaysaqi, buncha gapira-san, jim turib asror izlagin. Ko‘nglim dediki, o‘t-olov
ichra g‘arqman, ayb etma, agar so‘z so‘zlamasam, yonib ketaman. Jonimning dengizi
yuz xilda to‘lkinlanadi. Shunday holatda bir dam jim turishim mumkinmi?
Bu bilan biror kishiga maqtanmoqchi emasman, shunisi borki, bu bilan o‘zimni o‘zim
mashg‘ul etaman. Uning dardidan dilim xoli bo‘lmasa xam, ammo Unga loyiq mard
bo‘lolmadim, men ul mard emasman deb necha bor aytdim-ku! Agar shunday desam,
faxru g‘ururga berilgan, manmanlik qilgan bo‘laman. Bularning bari behuda afsonadir,
odamlar ishi manmanlik-la qorilgan. Bu behudalar bilan mashg‘ul bo‘lgan ko‘ngildan
nima ham chiqardi. Yuz marta jon tarkini qilib, bu behudalardan tavba qilish kerak. Jon
uchun qachongacha jafo chekish lozim, yaxshisi jonni bag‘ishlab, jim bo‘lmoqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |