PODSHO BILAN VAZIRNING O’G’LI HIKOYATI
Dunyoni egallagan bir qudratli podshoh bor edi. Yetti iqlim mamlakatlari farmoni
ostida edi. Iskandarday jahongirlikda mashhur bo‘lib, lak-lak lashkari bor edi. Uning
saroyi shavkati oyga yetar, oy esa bu podshohhuzurida yuzini tuproqqa qo‘ygandaydi.
Bu podshohning bir dono vaziri bo‘lib, olijanoblik va tadbirkorlikda nom chiqargandi. Bu
vazirning esa bir barno, xushsurat o‘g‘li bor edi. Uning husnu jamoli olam ahlini lol
qoldirgan edi. Husnu kamol bilan birga bag‘oyat dilkash, xushsuxan va dilfirib edi. Agar
u kunduz kuni ko‘chaga chiqsa, odamlar orasida g‘avgo qo‘tarilar, qiyomat bo‘lardi, shu
bois ko‘proq kechasi shahar aylanardi. Uning yuzi quyoshidan bahra olishga odamlar
mushtoq edilar, lekin visoliga yetishishning ilojini topolmasdilar. Bu go‘zal o‘g‘lonning
husnini sharhlashdan qalam ojiz, har qancha ta’rif-tavsif qilsam ham, faqat bir zarra
madhini qilgan-dayman.
Alqissa, o‘shal podshoh shu barno yigit husnu jamolidan mastu behud, oshiqi beqaror
edi
1
. Shoh agarchi qudratli bo‘lsa-da, ammo ishq g‘amida hilolday aftoda edi. Vazir
o‘g‘liga shu darajada oshiq bo‘ldiki, o‘zini unutardi, aqlu hushidan ajralganday edi. Agar
o‘g‘lon bir lahza oldidan ketsa, shohning ko‘ngli buzulib, qonli yoshlar oqizardi. Na dilida
qarori, na firoqda sabri qolgandi. Doimo, kecha-qunduz birga bo‘lgisi kelardi. Shoh
yigitning yuziga boqib to‘ymas, qo‘zlaridan nur emganday rohatlanardi. Yigitni yonidan
siljitmaslikka intilar, ota-onasi oldiga ham yuborgisi yo‘qedi. Yigit ota-onasini ko‘rgisi
kelsa ham, shohning qahridan qo‘rqib, bormas edi. Lekin bu orada boshqa qissa chiqib
qoldi.
Saroy yaqinidagi bir xonadonda bir go‘zal qiz bor edi. Jamolidan quyosh andesha
qilardi. Vazirning o‘g‘li shu qizni qo‘rib, unga oshiq bo‘lib qoldi. Bir kecha ikkalasi
kelishib, xilvatda birga bo‘ldilar. Shoh bundan bexabar edi, qazodan shoh shu kecha
mast edi. U yarim kecha uyg‘onib, qo‘lida dashna
xonasidan chiqdi. Yigitni izlashga
tushdi, ammo uni topmadi. Oqibatda yigit va qiz o‘tirgan joyga yetib keldi. O’g’lon va
qizning bir-biri bilan muhabbat og‘ushida suhbatlashib o‘tirganlarini ko‘rdi. Shoh bu
ahvolni ko‘rib, rashk o‘ti qalbini o‘rtadi. Sulton mast edi, o‘z ma’shuqini boshqa bilan
o‘tirganini qo‘rib, g‘azabga keldi:
- Qanday qilib menday jahongir sultonni qo‘yib, boshqa bilan bo‘ladi, mening
ma’shuqim o‘zgalar bilan suhbat quradi, bu ablahlik, mendan qo‘rgan lutfu marhamatni
hech kimdan ko‘rmagan, mukofoti shu bo‘ldimi, do‘stlikka vafo qani, men xazinalar
kalidini uning qo‘liga berib qo‘yganman, hamma ulug‘larni unga ta’zimda bo‘lishga
buyurgan, o‘zimga hamdard, sirdosh deb hisoblagan bo‘lsam, kelib-kelib bir gadoyning
qizi bilan xilvatda o‘tirsa, qanday chidayman bunga. Hoziroq buning jazosini beraman»,
Mantiqut-tayr (nasriy bayon). Farididdin Attor
Do'stlaringiz bilan baham: |