QUSHLARNING SIMURG’NI IZLAB KELIB, O’TTIZ QUSHNI - O’ZLARINI
KO’RGANI HIKOYATI
So‘nggi manzilga yetganda, o‘ttiztagina qolgan qushlar zor-intizor boqdilar.
Ammo ular izlab kelgan yo‘lboshchi ko‘rinmasdi, ular qaragan tomonda noyob va
Mantiqut-tayr (nasriy bayon). Farididdin Attor
www.ziyouz.com кутубхонаси
159
bepoyon naqsh kabi sirli bir yozuv-xat paydo bo‘ddi. Bu yozuv-xat butun borliqni egallab
olganday edi.
Qushlarning juda og‘ir ahvolda benihoya mashaqqatlarga, talafotlarga uchrab, holdan
toygan bo‘lsalar ham, bu sirli xatga umid va shodlik bilan boqdilar.
Lekin o‘zlari hali bilmas edilarki, ularni sevintirgan bu narsa, yanada cheksiz
mashaqqatdan iborat edi. Ular go‘yo Yusuf bir noyob narsa topaman deb, yugurib borib,
chohga qulab ketganiday edi. Yusuf u chohda alam, qayg‘u va tashnaliqdan azob
chekkan bo‘lsa-da, lekin oxiri podshoh bo‘lgan edi. Bu ziyoratchilar esa ham chohga
tushgan, ham gado, ham och-yalang‘och qolgan edilar. Agar Yusufni og‘alari bir necha
tanga-chaqaga sotgan bo‘lsalar, bularni hech kim tekinga ham olmas edig
Bu holni anglab, bular uyat va hayajondan vujudlari erib, to‘tiyoga aylangandek
bo‘ldi. Hammalari yonib, kuyib, poklandilar va nurga aralashib ketdilar.
Bular shu tariqa oliy hazratning nuriga yetishdilar. Fanodan so‘ng baqoga o‘tilganida
yangi jon qanday bo‘lishi shu vaqtgacha bular uchun sir bo‘lib kelgan edi. Ular shu
vaktgacha bu holning nimaligini bilmas edilar. Bular shu yo‘l bilan avvallari qilgan va
qilmagan gunohlaridan siynalari poklanib, oftob jamolga yaqinlashdilar.
Qushlarning ko‘z oldida bepoyon oina — ko‘zgu paydo bo‘ldi. Shu ko‘zguga qarab,
ular o‘zlarini Simurg‘ - o‘ttiz qush holatada ko‘rdilar.
Bu holatdan ular yanada hayratga tushib, nimalar bo‘layotganini tushunmay qoldilar.
Ular qayta-qayta ko‘zguga qarab, faqat o‘zlarini - o‘ttiz qushni - si murg‘ni ko‘rar edilar.
Ular goh ko‘zguga, goh o‘zlariga qarab, Simurg‘ o‘zlari ekaniga hayratda edilar. Ular har
ikki tomonda
2
faqat o‘zlarini ko‘rar edilar. Har ikki tomonda birorta ko‘p yo birorta kam
emas edi. Barchalari hayrat ummoniga g‘arq bo‘lib, fikrsizlikdan tafakkur tomonga
o‘tsalar-da, bu ne hol ekanligini anglashga ojiz edilar.
Shu asnoda ular oliy zotdan tilsiz yo‘sinda «biz» va «sen» so‘zlarining ma’nosini, bu
azim sirni ochish (kashf etish)ni so‘radilar. Oliy zot ham tilsiz yo‘sinda javob berdiki,
«Mana shu oina (ko‘zgu) oliy zotdir, sizlardan har biringiz ko‘zguga qarab, o‘zingizni
ko‘rasiz, bu ko‘zguda sizlarga joningiz badanli va badaningiz jonli bo‘lib ko‘rinadi. Sizlar
izlab kelgan Simurg‘ shu ko‘zguda ko‘rganin-gizdir. Sizlar qirqtami, elliktami,
oltmishtami, baribir ko‘zguda boringiz ko‘rinadi. Buyuk sir pardasi faqat siz ko‘ra
oladigan darajada ochiladi. Ko‘p narsalar boshingizdan kechsa ham, o‘zingiz ko‘rasiz va
o‘zingizni ko‘rasiz. O’zingiz qanday bo‘lsangiz, shunday ko‘rinasiz.
Ko‘pchilik ko‘rgan bilan bir odam ko‘rganining farqi bor. Chumolining ko‘zi bilan
Surayyoni ko‘rib bo‘lmaydi. Chumolining nazari sandonni, filning nazari dandonni (o‘z
tishini) ko‘ra oladi. Har kimning bilgani va ko‘rgani u bilganicha va ko‘rganicha emasdir.
Asl hodisalar mohiyati odam gapirganicha va eshitganicha emasdir.
Sizlar bosib o‘tgan vodiylarni hamma ham bosib o‘tolmay-di. Sizlar qilgan ishlarni har
kim ham qilolmaydi.
Sizlar ko‘zguda o‘ttiz qush — Simurg‘ni ko‘rib, hayron qoddingiz. Bedil, besabr va
bejon bo‘lib qoldingiz. Biz sizlarga qo‘rsatgan o‘ggiz qush haqiqat qushlarining
gavharidir. Onangiz quchog‘ida o‘zingizni ko‘rganday, bizning bag‘rimizda yuz turli izzat
va nozni topasiz.
Oliy zot elchisi shu so‘zlarni aytib, quyosh nuri tushganda soya yo‘qolganiday, g‘oyib
bo‘ldi.
Mening so‘zlarim ham qushlarning yo‘liday uzayib ketdi. Lekin bu so‘zlar bilan ham
buyuk sirning ildiziga yetib bo‘lmaydi. Shuning uchun so‘zimni muxtasar qilay. Endi
qushlar uchun yo‘l ham, yo‘l ko‘rsatuvchi, rahnamo ham qolmadi.
Mantiqut-tayr (nasriy bayon). Farididdin Attor
Do'stlaringiz bilan baham: |