HUDHUDNING JAVOBI
Hudhud dedi:
- Ey yo‘lini yo‘qotgan jon, ul Podshoh uyini (jannatni) istar ekansan: kelgin va Unga
yaqinlash, axir uy Sulton huzuridan yaxshiroq emas-ku. Sen aytgan
Xuldu
Bihisht nafs
uyidir, sen Ko‘ngil uyiga talpin, chunki haqiqiy maqsad - Ko‘ngil uyidadir. Haqning huzuri
— azim daryo, jannat shu daryodan bir qatra, xolos. Kimdaki daryo bo‘lsa, qatraga
qaramas, daryodan o‘zga narsalar savdo -tashvish va bog‘lanish, tama’girlik, oldi-
sotgiga o‘xshashdir. Daryoga yo‘l topsang, bir tomchi shabnamga yuz burib nima
qilasan? Quyosh bilan so‘zlasha oladigan odam bir zarra bilan qanoatlanishi mumkinmi?
Kullga aylangan kishining juz’ bilan nima ishi bor, jonga aylanganga uzvlar parvo
qilmaydi. Agar sen kullga aylangan mard bo‘lsang, kullni ko‘r, kullni talab qil, kull bo‘l va
kullni tanla!
Do'stlaringiz bilan baham: |