Bir oliy maqom devona bor edi. Xizr unga qarab dedi:
- Ey komil mard, menga do‘st bo‘lishni xohlaysanmi?
Devona dedi:
- ...Sen bilan mening ishim yo‘q. Negaki, sen joningni uzoq saqlash, ya’ni abadiy umr
ko‘rish uchun tiriklik suvini ichgansan. Men esa jonni tark etishni istab turibman, chunki
Mantiqut-tayr (nasriy bayon). Farididdin Attor
www.ziyouz.com кутубхонаси
31
jononsiz jonimdan halovat topolmayapman. Sen kabi jonni saqlashga tirishmayman,
balki har kun jonni fido qilishga tayyorman. Yaxshisi shuki, qushlar tuzoqdan
qochganday, men va sen bir-birimizdan uzoqpashaylik, vassalom.