QARCHIG’AYGA XITOB
Ey qanotlari chiroyli, ko‘zi o‘tkir qush, marhabo, qachongacha g‘azabli, tund bo‘lib
yurmoqchisan? Azal ishqi nomasini oyoqlaringga bog‘la va bu bandni toabad yechma.
Tug‘ma aqlingni Ko‘ngilga almashtir, toki abad va azalni bir deb tushungil. Mardlarcha
tabiat chorcho‘basi — to‘rt unsurni sindirgin va Vahdat g‘ori ichidan joy olgin. G’orda
qaror topganingdan keyin, Sadri olam (Muhammad Mustafo) g‘orda sengayorbo‘lg‘usi.
Mantiqut-tayr (nasriy bayon). Farididdin Attor
www.ziyouz.com кутубхонаси
25
DURROJGA XITOB
Ey, olijanob Alast me’roji Durroj(qirg’ovul) «bale» farqida alast tojini ko‘rgansan.
«Alast» ishqini jon bilan eshitding, nafsni «bale»dan bezor qilgin. Negaki nafsning
«bale»si (ha deb turishi) balo girdobidir, sening ishing axir girdobda o‘nglanadimi?
Nafsni Iso eshagiday yondirib tashla, keyin xuddi Iso kabi jonni Jonongatopshirgin. Nafs
eshagini yondirib, jon qushini erkin parvoz ettirgin, toki senga Ruhulloh (Jabrail)
peshvoz chiqsin.
BULBULGA XITOB
Ey ishq bog‘ining bulbuli, marhabo, ishqning dardu dog‘idan bir nola qil. Dovud kabi
dilning dardidan yoqimli nola et, toki oshikdar har damda yuz jonni bag‘ishlasinlar.
Ma’nida Dovudiy bo‘g‘zing (halqing)ni och, halquming kuyi bilan xalqqa yo‘l ko‘rsat.
Shum nafs yo‘liga bog‘lanishni qo‘y, Dovud kabi o‘z temiring (vujuding)ni mumga
aylantir. Agar o‘sha temiring (vujuding) mum kabi yumshasa, sen ishqda Dovud kabi
qiziysan.
TOVUSGA XITOB
Ey sakkiz eshik tovusi, marhabo, yetti boshli ilon zaxmi (yarasi)dan quyding. Bu ilon
bilan birga bo‘lish qoningga ta’sir etib, seni jannatdan quvib chiqardi. Tubi daraxtini
yo‘ldan oldirdi, tabiat bandiga solib, sening qo‘nglingni qora qildi. Toki sen shu ilonni
o‘ldirmasang, ushbu asror (ilohiy sirlar)ga oshno bo‘lolmaysan. Agar sen shu palid
ilondan xalos bo‘lsang, Odam seni o‘zi bilan jannatga olib kiradi.
TAZARVGA XITOB
Ey uzoqni ko‘ruvchi zebo husnli Tazarv (Tustovuq), marhabo, kelgin, ko‘ngil
chashmasini nur dengiziga cho‘mgan holda ko‘r. Ey zulmat qudug‘ida qolgan, tuhmat
qamoqxonasida mubtalo bo‘lib qolgan, o‘zingni bu qorong‘u quduqdan qutqar va
Rahmoniy arsh (ostidan) boshingni chiqar! Yusuf kabi o‘zingni zindon va quduqdan olib
chiq, toki Izzat Misrida podshoh bo‘lg‘aysen. Agar shunaqa mamlakatni zabt eta olsang,
Yusufi siddiq senga rahbar bo‘lg‘uvsi.
QUMRIGA XITOB
Damsozu xushnavo qumrining ovozi keladir. U shod borib, yana diltang(xafa) bo‘lib
qaytadi. Xafaligingning sababi qon ichra qolganing Zunnunning ziqligi hibsida qolganing
uchundir. Ey, nafs nahangi yo‘lida sargardon bo‘lgan. Qachongacha badxohlik azobini
chekasan, ul badxoh (yomon yo‘lga boshlovchi) baliqning boshini uz, toki oyning boshini
silashga (oyga ko‘tarilishga) qurbing yetadigan bo‘lsin. Nafsing nahangidan qutula
olsang, ulug‘lik masnadida (taxtida) Yunusga hamdam bo‘lasan.
FOXTAGA XITOB
Marhabo, ey foxta (choliqushi), qo‘shig‘ingni boshla, toki yetti osmon boshingga
Mantiqut-tayr (nasriy bayon). Farididdin Attor
www.ziyouz.com кутубхонаси
26
gavhar (nur) sochsin. Bo‘yningda vafo bo‘yinbog‘i bor ekan, bevafolik qilishing mumkin
emas. Vujudingdan toki bir tuk boqiy qolar ekan, seni boshdan-oyoq bevafo deb
atayman. Agar botiningga sho‘ng‘ib, o‘zingdan qutilib chiqsang, ma’no sari aql bilan yo‘l
topa olasan. Aql seni ma’nolar olamiga olib kelgach, Xizr senga tiriklik suvini ichiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |