www.ziyouz.com кутубхонаси
27
IKKINCHI MAQOLA
SIMURG’ TALABIDA HUDHUDNING QUSHLARGA DEGANI
Jahon qushlari yig‘ilib, majlis qurdilar va yashirin ham oshkora fikrlarini o‘rtaga
tashladilar. Dedilarki: bu zamonda hech bir shahar yoki mamlakat podshohsiz emas,
shunday bo‘lgach, nega bizning mamlakatimizda shohyo‘q, bundan keyin biz shohsiz
yasholmaymiz, shoh bizga rahnamolik qilishi, boshimizda soyabon bo‘lishi lozim. Endi,
kelinglar, bir-birimizni qo‘llab-quvvatlab, podshoh talab qilaylik. Negaki yurt podshohsiz
bo‘lsa, mamlakatda va qo‘shinda intizom va tartib bo‘lmaydi. Shunday qilib, barcha
qushlar bir joyga to‘planib, shoh qidirishga jazm etdilar.
Ko‘ngli Alloh yodi bilan band, Alloh diydoriga intizor Hudhud ular o‘rtasida yetakchi
bo‘ldi. Hudhud egnida tariqatning harir kiyimi, boshida esa haqiqat toji bor edi. Uning
zehni o‘tkir, har narsani tez tushunardi, yomon va yaxshi ishlardan ogoh edi. Hudhud
dedi: Ey qushlar, men hech shubhasiz, Alloh huzuridan keldim va g‘ayb ishlaridan
xabardorman, aslu naslimga ko‘ra sirlar egasidirman. Minqori (tumshug‘i)da «Bismilloh»
yozilgan kishi ilohiy sirlarga sherik bo‘lishi ham haqiqatdan uzoqemas. Uz g‘amnm bilan
birga yashayman, hech kimning men bilan hech bir ishi yo‘q. Men jahon xalqlaridan
ozodman, xalq ham, shubhasiz, mendan ozodtsirlar. Menki Podshohdardida
mashg‘uddirman, sipoh (qo‘shin) g‘ami bilan ishim yo‘q. Oxirat g‘amim bilan qo‘rquvda
g‘arqman, bundan-da boshqa sirlarni saqlayman.
Sulaymondan avval so‘z aytdim, Sulaymon qavmidan oldin kelgandirman. Kimki
mulkidan ajraldi (g‘oyib bo‘ldi), keyin bu mulkni so‘rab-surishtirmadi. Men, bu (mulk)dan
qutulgandan keyin, har yoqda uning talabgorlari paydo bo‘ldi.
Sulaymon nomasini (Bilqisga) olib borib, qaytib keldim, Uning oldida parda orqasida
turib sirlashdim (suhbatlashdim). Kimki Payg‘ambar alayhissalom talabgori bo‘lsa,
boshiga toj qo‘ysa (boshlarga toj bo‘lsa) arziydi. Kimki ezgulikda Alloh yodiga tushsa,
uning boshi atrofida aylanishga biror qushning parvozi yetarmi? Yillardirki, dengiz va
quruqliklarda kezarman, oyog‘im yerda, ammo boshim (tafak-kurim) bilan yo‘l
bosardim, vodiylar, tog‘u cho‘llarni kezganman, olamni to‘fon paytida aylanganman.
Sulaymon bilan safarlarda birga bo‘lganman. Olam maydonini chunon kezib
chiqqanman. O’z Podshohimni tanib olganman, ammo Uning oldiga yolg‘iz borolmadim*.
Bas, agar menga yo‘ldosh bo‘lsangiz, Sizga yo‘l ko‘rsatay, toki ul Shohning va Uning
Dargohining mahrami bo‘lgaysiz. O’z xudbinliklaringizdan, g‘am, tashvish va dinsizlikdan
qutularsiz. Unga oshiqkishi o‘zjonidan kechadi. Oshiq jonon yo‘lida yomon-yaxshidan
kechadi. Jonni sarflab, yo‘lga qadam qo‘ying, oyoq bilan yurib, boshni Ul Dargohga
qo‘ying. Hech shubhasiz bizning Podshohimiz bor, ammo Uning makoni Qof tog‘i
orqasidadir. Uning nomi Simurg‘ — U Qushlar sultoni, U bizga yaqin, ammo biz Undan
xiyla uzoqmiz. U izzat Humoyi oromdadir (barqarordir). Uning nomini har qanday til
atashga haddi sig‘maydi. U yuz mingdan ortiqparda ichradir, u nur va zulmatdan ham
balanddadir. Ikki olamda hech bir kishi Undan bahra olishga jur’at etolmaydi. U abadul
abad Mutlaq Podshohdir, o‘z izzatiga g‘arqdir.
Aql U turgan joyga parvoz etolmaydi. Ilm va aql u tur-gan joyga yetolmaydi.
Yuz ming odamlar Undan savdoyi-devona. Uning vasfu ta’rifi faqat pok jonlarga
munosib. Aqlda Uni idrok etish quvvati yo‘q. Nima qilaylik, (bu yo‘lda) akd ham, jon ham
xiralashadi. Uning sifatlarini ko‘rolmay, ko‘zlar nuri ketdi. Hech bir dono Uning kamolini
ko‘rgan emas, hech bir ko‘zi o‘tkir ham Uning jamolini ko‘rgan emas. Uning kamoliga
maxluqot yo‘l topolmaydi. Ilmu donish hayf ketadi. Ko‘zlar nurini yo‘qotadi. Odamlarning
toifalarida Ul kamol va Ul jamol haqida yig‘ishtirib kelsang, bir hovuch xayol bor, xolos.
Mantiqut-tayr (nasriy bayon). Farididdin Attor
Do'stlaringiz bilan baham: |