YIGIRMA TO’QQIZINCHI MAQOLA
BOSHQA BIR QUSH SAVOLI
Boshqa bir qush dedi:
- Ey pok fikrli Hudhud. Alloh yo‘lida pokbozlik qanday bo‘ladi? Men bandamga e’tibor
bermayman, chunki ichimda bor narsalar doimiy ravishda tashqariga chiqib turadi.
Qo‘limga tushgan narsa darhol yo‘qoladi. Chunki mening qo‘limga tushgan narsa xuddi
chayonga aylanganday, meni chaqib olayotganday bo‘ladi. Shu bois men uni tashlab
yuboraman. Men o‘zimni hech narsa bilan bog‘liq qilib qo‘ymayman va hamma narsani
o‘zimdan uzoqlashtiraman.
Ya’ni hech narsa mening qo‘limda turmaydi. Uning ko‘yida pokbozlik qilaman, toki
poklikda Haqning pok yuzini ko‘rsam deb umid qilaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |