TURKISTON PIRINING HIKOYATI
Turkiston piri gap-so‘z olib dedi:
- Men ikki narsani hammadan yaxshi ko‘raman: biri chopqir otim bo‘lsa, ikkinchisi
aziz farzandimdir. O’g‘lim lashkar safida dushmanga qarshi jang qilmoqda. Agar shu aziz
farzandim o‘limini eshitsam, otimni hamma lashkarchilarga bag‘ishlayman, toki o‘g‘lim
o‘rnida jang qilsin. Voqean, aziz ko‘ringan shu ikki narsa mening jonim ko‘ziga but kabi
ko‘rinadi. Har ikkalasidan voz kechmaguncha Yagona Iloh yodi kalbda abadiy
o‘rnashmaydi.
Toki sham’ kabi yonib ado bo‘lmasang, odamlar oldida pok ishkdan so‘z ochma. Kimki
pok Parvardigor ishqidan gapiradigan bo‘lsa, o‘z shaxsiy ishi, dunyoviy muhabbatini
barbod etsin. Shahvat bilan non yeydigan, ammo pokbozman deydigan kishi, oqibatda
xoru zor bo‘lg‘usi.
Do'stlaringiz bilan baham: |