HUDHUDNING UNGA JAVOBI
Rahnamo Hudhud qushga qarab dedi:
- Albatta agar kishida pok e’tiqod bo‘lsa, poklanib Uning yo‘liga kirish yetarlidir. Kimki
barcha pok narsalarini Alloh yo‘liga sarflasa, o‘z pokligida osuda va xotirjam bo‘ladi.
Lekin shuning o‘zi yetarli emas. Sen hamma narsadan voz kechishga tayyor tur.
Tikilganlarni yyrt va yirtilganlarni tikma, nimaiki bisoting bo‘lsa, barini yondirib tashla.
Hammasini o‘tli ohang bilan kuydirib, keyin kulini jamlab ustiga o‘tir. Agar shunday
qilsang, hammasidan qutulasan. Bo‘lmasa qon yutasan, chunki hamma bilan bog‘liqsan -
borsan. Har bir narsada bir-bir o‘lmas ekansan, bu yo‘lga qadam qo‘yolmaysan. Bu
zindon (dunyo)da ko‘p o‘tirolmaysan, shu uchun ham nimaiki bo‘lea, undan o‘zingni tort.
Negaki ajal kelganda sening narsalaringning har biri qon to‘kuvchi qonxo‘r
dushmaningta aylanadi. Avval o‘zingdan qo‘llaringni qisqa qil, shundan keyin turib yo‘lga
chog‘lan. Agar avvalda haqiqiy poklik niyati bo‘lmasa, bu safarga chiqishing durust
emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |