Podshoh qullaridan biriga to‘n kiygizdi. Qul to‘nni kiyib, podshoh bilan birga yo‘lga
tushdi. Yo‘lning changi qul yuziga qo‘ndi. Qul podshoh bergan to‘n yengi bilan yuzidagi
changni artdi. Shunda birov shohga dedi: «Ey podshohim, sen bergan to‘n bilan yo‘l
changini tozaladi». Podsho bu behurmatlikni ko‘rib, qulni o‘zidan uzoqlashtirdi va
boshqalar uning behurmatligini bilsinlar, shoh oldida arzimasligini anglasinlar deb,
ahvolini og‘irlashtirdi.