23
1.6. Maktabgacha ta’lim muassasasining pedagogik jamoasidagi
uslubiyot ishlari
MTMning ta’lim – tarbiyaviy faoliyatida uslubiy
ishlari bo’g’in bo’lib, bu
pedagogik jamoaning kasbiy
faoliyatiga layoqati va shu asosdagi kasbiy
mahoratining iste’moldagi ifodasidir.
Bunday jarayonda pedagogik jamoaning bola
bilan, guruh bilan o’zaro munosabatida to’g’ri
yo’lni
tanlashi, tarbiyaviy ishlarda ta’sir usullarini to’g’ri
qo’llashi, tarbiyaviy ta’sirning
shakl va uslublarini hamda qonun – qoidalarini yaxshi o’zlashtirgan bo’lishi,
shuningdek, ta’lim – tarbiyaning tamoyillarini yaxshi bilishlari muhim ahamiyat
kasb etadi.
Bular “MTM to’g’risida”gi Nizomda ham qayd etilgan.
Shuning bilan birga
MTM si rahbariyati, pedagogik jamoasi va ularga mos uslubiy yordam ko’rsatish
va uslubiy o’quv adabiyotlari tizimi tuzilgan. Ularda MTMda ta’lim – tarbiya
jarayonini olib borishning uslubiyot ishlarining yo’nalishlari, shakl, vosita va
uslublari aks ettirilgan.
MTM dagi pedagogik jamoaga rahbarlik uslubiy o’qishlar, pedagogik
kengashlar orqali amalga oshiriladi. MTM dagi tarbiyaviy
ishlarning asosiy
yo’nalishlari bo’yicha dastlab barcha tashkiliy masalalar hal qilinadi va uslubiy
ishlar amalga oshirila boradi. Bunday tadbirlarning asosiy mazmun – mohiyatini
bolalar ma’naviyatli bo’lib katta bo’lishi tashkil etish kerak,
chunki bugungi
yoshlarni ijtimoiy faollik va hushyorlikka davat etishga, o’zligini, o’z uyini
himoyalashga oid ma’naviy va ma’rifiy ishlarni qilish ruhida tarbiyalash lozim.
Demak, MTM ning har bir xodimi O’zbkiston o’ziga xos mustaqil taraqqiyot
yo’lini
tanlab olganligini, xalqimiz ma’naviyatiga qo’yilgan talablarni
anglaganligini va ularga mos yoshlar tarbiyasiga qo’yilgan davlat talablarini ongli
ravishda tushunib yetmoqlari zarur ekan. Buning uchun ular muntazam ravishda
quyidagi yo’nalishlar bo’yicha o’z ustilarida ishlab kelishlariga to’g’ri keladi:
kasbiy
mahoratni oshirish;
metodik mahoratni oshirish;
pedagogik va psixologik bilimlarni boyitish;
ma’naviyat va ma’rifat masalalarini puxta o’zlashtirish va ularni tarbiya
jarayoniga tadbiq etish.
Ana shunday jihatlarga alohida e’tibor bergan
MTM da uslubiyot ishlarini
samarali yo’lga qo’yish mumkin. Buni quyidagicha olib borish ma’qsadga
mavofiq (1.6.1 - shakl).
Uslubiy ishlarni bu yo’sinda tashkil etish pedagogik jamoaga uslubiy
rahbarlik qilishga qo’shimcha vaqt, quvvat, pedagogik mahorat talab etiladi. Bu
“Yaxshi va yomon xulq-
ning hammasi sharoit,
tarbiya, odatlanish natija-
sida vujudga kеladi.
Yaxshi xulqqa ham odat
tufayli erishiladi”
Do'stlaringiz bilan baham: