24 – savol: Vayronkor g’oya nima?
Javob: “MA’NAVIYAT” guruhi – bu turli ta’sirchan vositalardan foydalanib,
odamlarni soxta va puch g’oyalarga ergashtiruvchi, ularning kuch – qudratini
buzg’unchilik va jamiyatga yo’naltirilgan, insoniyat uchun faqat kulfat
keltiradigan g’oyaga aytiladi.
25 – savol: Ogohlik nima?
Javob: “VATANPARVARLIK” guruhi –dunyoda, yon – atrofda bo’layotgan
o’zgarishlardan, odamlar va xalqlarning orzu – intilishlaridan doimiy boxabar
bo’lib yashashdir.
Tarbiyachi savol – javoblardan kelib chiqqan holda “Ma’naviyatli odam
kim?” va “Ma’naviy qashshoq odam kim?” degan savollarga umumiy javobni
shakllantiradi va ularni bolalarga ma’qullatib oladi.
Eslatma: Bu yerda bolalar javoblariga ozgina sayqal berildi.
Mazkur jarayonda kichik guruhlar yiqqan ballari hisoblanib va ularning
egallagan o’rinlari ham belgilanib qo’yildi (Bu darsdan oldin hisobchi tayinlanib,
unga hisobni olib borish topshiriladi). Ular quyidagi 1 – jadvalda aks ettirilgan.
101
1 – jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |